Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
SAYTIMIZDAGI O'ZGARISHLAR YOQDIMI?
Barcha javoblar: 386

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Chorshanba, 17.04.2024, 00:58
Главная » HAYOTIY MASLAHAT
Payg’ambar alayhissalomdan rivoyat qilinadi: “Sizlardan oldingi ummatlarning kasalligi orangizga o’rmaladi, bu – g’azab va hasaddir. G’azab va hasad sochni emas, dinni qiruvchi (ustaradir). Muhammadning joni qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, to bir-biringizni yaxshi ko’rmaguningizcha, mo’min bo’lolmaysiz. Agar bajarolsangiz, bir-biringizga muhabbat uyg’otadigan amalni eslataymi? O’zaro salomni yoyinglar!”

E’tibor berilsa, Rasuli akram ko’p tabiblar bedavo deb bilgan hasad dardining muolaja yo’lini o’rgatyaptilar. Shunday muolajaki, agar aytilganidek unga rioya qilinsa, shifosi aniq! Demak, o’zaro muhabbat hasad xastaligining ildizini batamom qurituvchi yagona va eng ishonchli dori. Xo’sh, bu dorini qanday qo’lga kiritishga ham hojat yo’q ekan. Chunki u o’z qo’limizda: bi-birimizga salom berib yursak, shuning o’zi o’rtamizda muhabbatni paydo qiladi. Demak, biz ko’p hollarda unchalik e’tibor bermaydigan s a l o m imiz tabiblar davosidan ojiz bo’lgan dard – hasadga qarshi eng kuchli quro ... Davomi »

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 1133 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 4.0/3 | Izohlar (0)

Толстойнинг бир гапини энди-энди тушунаётгандекман: "Аёл киши бош кўтаришни бошласа, эр зоти бош кўтариб юролмай холади!" ха, азизлар, бу сафар мен китмирлик килмокчиман. Озгина услубимни ўзгартирган холда, албатта! Газетамизнинг ўтган сонларида чоп этилган маколаларни тахлил килиб, уларнинг жамланмасидан тугилган хулосани макола этиш нияти пайдо бўлди менда. Бунга сабаб кунларнинг исиб кетганлиги ва кийимларнинг тобора ечилиб кетаётганлиги...
Мен кизларнинг хам худди йигитлар каби гапга кулок соладиганлари хамда дунёни сув босса-да тўпики хўл бўлмайдиганлари борлигини биламан. Бирок, аёл зоти табиатан эркак гапирганда жим туришни, рохатланиб тинглашини ва хакикат юз фоиз жаранглаб чикса, уни кабул килишига ишонганим боис, Авазнинг "тираб олган оёгимиз хурмати" хам ёзмаган маслахатларни кўлимиздан келганча ёзишга карор килдим. Кўчага чиксангиз, аёллар маслахатга мухтож, жуда хам мухтож эканликларини кўрасиз! Ва яна шуни айтиб кўяй, маслахатларни тартиблаб ўтирмайман, чунки у бир ... Davomi »
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 3440 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 3.0/9 | Izohlar (0)

Suyukli do’stim! Tasavvur qil, bir ozdan so’ng uyingga Payg’ambarimiz Muhammad solallohu alayhi vasallam kirib keladilar. Xayolingga keltirmagan tashrif… Nima qilgan bo’larding shunda? Axir u zot odam bolalarining eng yaxshisi… Payg’ambar… Ollohning suyukli do’sti…Ana o’sha zot sening eshiging ostonasida turibdilar…Seni ziyorat qilmoqchilar…

Tasavvur et, o’sha paytda nima qilasan? “Bugun hayotimdagi eng baxtiyor kun, axir kimsan Payg’ambar biznikiga keldilar”, degancha hayajon va xursandchilik bilan u zotga peshvoz chiqasanmi yoki bir oz taraddudlanib, javoningda qalashib yotgan turli-tuman chet el qo’shiqchilarining xonishlari yozilgan disk-kassetalar o’rniga Qur’oni karim tilovati, hadisi sharif yozilganlarini terish uchun yugurib qolasanmi? Behayo, zulmu zo’ravonlikni targ’ib qiluvchi, mazmunsiz videokassetalaringni ham yashirarsan? Xonang devorlarini to’ldirib yotgan suratlarnichi? Ularni ham ko’chirib, uloqtirib tashlarsan? Axir Rasululloh solallaohu alayhi vasallam bu manzara ... Davomi »

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 1584 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 3.7/3 | Izohlar (1)

Iymon – g’am-qayg’uni ketkazuvchi, iymon – Ollohni yolg’iz deguvchilarning shodligi, obidlarning tasallisidir. O’tgan narsa o’tib ketdi, o’tmish nihoyasiga yetdi, u haqda o’ylama. Bitilgan qazoyi qadarga, taqsimlangan rizq-ro’zga rozi bo’l, xavotirni tark qil. Ogoh bo’l! Ollohni zikr qilish bilan qalblar orom olib, gunohlar kamayar. G’ayblarni bilguvchi Zot rozi bo’lsa, g’am-qayg’u chekinar.

Birovdan rahmat kutma, barcha hojatlar Undan so’ralguvchi. Hech kimga muhtoj bo’lmagan mangu tirik Zotning savobi senga kifoya. Nonko’r, hasadgo’yning adovati esa senga ziyon qilmas. Tong otgach, tunni kutma, buguning uchun yashab, buguning uchun g’am chek, ertang uchun g’am chekma. Chunki bugunning islohi ertaning islohidir. Qalbingni hasad-adovatdan pok tut, qalbingda nafrat, jirkanishni chiqarib tashla. O’zingni yaxshi odamlarga yaqin tut. Uyingdagi ishlarga mashg’ul bo’l, odamlarga kamroq aralash.

Kitob eng yaxshi do’st, kitoblar bilan hamsuhbat bo’l. Ilmni do’st tut ... Davomi »
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 1220 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Rasululloh salollohu alayhi vasallam aytdilar: "Kiyimning bezakli rangi o'chib ketishi kabi, (bir kuni) Islom ham yo'q bo'ladi. Borib-borib ro'za nimayu, namoz nima, qurbonlik nimayu, sadaqa nimaligi ma'lum bo'lmay qoladi. Bir kuni Alloh azza va jallaning Kitobiga ham (bu qoida) joriy qilinadi (ya'ni, oxirzamonda yomon odamlar ustida qiyomat soati qoim bo'lishiga tayyorgarlik sifatida Qur'on ham ko'tariladi), natijada, yer yuzida u (Qur'on)dan biror oyat ham qolmaydi. Odamlar orasidagi keksa chollar va kampirlar: "Biz ota bobolarimizning "La ilaha illalloh" deganlarini eshitganmiz va biz ham shunday deymiz", deydilar.
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 976 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 845 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Bizning boshqa ko‘p ellardan bir farqimiz shuki, sizlab gaplashamiz. Boshqalar umrida endi ko‘rib turgan, buning ustiga yoshi katta odamga ham sensirab muomala qilsa, biz o‘zimizdan kichiklarga, hatto notanish yosh bolaga ham siz deb gapiramiz. Qonimizga singgan-da. Buning tarixiy sabablaridan biri shuki, o‘zbek elida ulug‘lar bisyor. Avvalo shuning uchun ham biz ularni sizlaymiz. Axir ro‘paradagi shu notanish odam ehtimol said yo to‘radir - kim biladi? Beklarning, xonlar, mir va mirzolarning, sho(h)larning avlodi ham oramizda bisyor. Qay bir bobosi bek o‘tgan, xon o‘tgan, sultonu amir bo‘lib, shoh bo‘lib o‘tgan kishilarning hurmatini joyiga qo‘ygimiz keladi. Ularning ajdodi Allohning yerdagi soyasi sanalgan. Shunday ekan, bu zotlarni hurmatlashni ham farz bilamiz.
Oilada yangi mehmon - farzand dunyoga kelsa, unga kitob ko‘rib ot tanlanadi, ya’ni Qur’onda keltirilgan ismlardan biri qo‘yiladi. Qur’on - Allohning so‘zi. Ismi sharifini Alloh taolo zikr etgan bola nechun aziz bo‘lma ... Davomi »
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 1480 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 1.0/1 | Izohlar (0)

Kim yomon?

Bizningcha, bu savolni o’rtaga qo’yishga va aniq javob berishga hali vaqt bor. Sababini izohlashda ikki holatni e’tiborga olish joiz.
Birinchidan, ko’ndalang qo’yilgan bu so’roqqa: “Men yomonman”, deb javob qiladigan vallomatni topish mahol. Agar topilsa, bunday kishi o’z yomonligini isbotlashda qiynalishi, nafsiga zulm qilishi turgan gap.
Ikkinchidan, ushbu savolning javobidan oshiqish, to qiyomat kuni kelmaguncha bir nima deyish o’rinli emas. So’fi Olloyor hazratlari aytgandek:

“… Yana kelsa nido andin, bilinglar:
Yomonlar yaxshilardan ayrilinglar!”

Ana shu nido kelgan vaqtida yomonlar yaxshilardan o’zlari ayrilib chiqadilar. Kim yaxshi, kim yomon, o’shanda ma’lum bo’ladi. Muncha besabrmiz, ozgina kutaylik, axir…
Kim yomon/ Agar shoshib, savolga mendan javob olmoqchi bo’lsangiz, aytadigan so’zim bitta: yomon yo’q. Agar bor bo’lsa, o’sha yomon – men. Buni aqli ojizim andozasida isbotlab ham bera olaman. Bordiyu, ayrilish soatida yomon ... Davomi »

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 1250 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (1)

Mulozamatli yaponlarning ta’zimlari odamiga qarab har xil bo’larkan.
Ma’lum bo’lishicha, oddiy xodim boshliqqa 45-50 daraja bukilgan holda ta’zim qiladi. Lavozimlari baravar hamkasblar bir – birlariga 15 daraja egilib, hurmat ko’rsatishadi. Juda muloyimlari ba’zida 20 darajagacha bukilib, ta’zim bajo etishadi. Mijoz yoki xaridorni uchratganda yoki kuzatayotganda 30 darajagacha egilib ta’zim qilish shart.

Qadimda o'zlarini takomillashtirish uchun o'qiganlar. Hozir boshqalarni hayron qoldirish uchun o'qiydilar

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 927 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Behuda so’z bilan kuldiradigan shoir xayolida o’zini Sa’diy va Xusravdan ortiq biladi. Qarg’aoyoq xati qarg’aning iflos oyog’idan yaramas bo’lgan kotib (ko’chiruvchi) yozgan xatini o’z zamonasining mashhur kotiblari Ja’far va Azhar xatidan yoqimliroq sezadi. Rassomning solgan suratining yomoni dahshatda bo’ladiyu, o’zini mahshur rassomlar Abdulhay va Moniy qatorida tasvirlaydi. Kitoblarini oltin bilan naqshlovchining xitoycha naqshi xato va farangchasi naqqoshlar tinkasiga tegadiyu, so’zining siyoqi esa Atorud sayyorasiga ta’n urmoq bo’ladi. Har bir hunar egasi o’z hunarini ta’riflashida mubolag’a bordir, u ta’rif haqiqatan o’z shaxsiga oiddir. Madrasada behuda munozarachilar shov – shuvidan ham manmanlik anglashiladi; bu uning so’zini va u buning so’zini rad qiladi, buning bilan har qaysisi o’z so’zini va o’zini ma’qullaydi.
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 1125 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Erlarning ko’rgazish uchun yasanmog’i – xotinlarning o’ziga zeb berish uchun bezanmog’i kabidir. Agarchi bu ish ikkoviga ham yaramaydi, ammo erlarga ko’proq rasvolik keltiradi. Barcha o’zini ko’rsatish va bezash kasali bilan og’rigan va bunday qilish esa bu ish o’z qoshlaridan yaxshi ko’rinish har kimning o’ziga yaxshi tuyulishning ochiq dalilidir.
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 845 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Zamona ...

Bir ayol yonidagi sherigiga dedi:
- Hozirgi yoshlarga ham hayron qolasan kishi.Masalan,anuv qizga qarang,xuddi yigitlarga o'xshaydi-ya.
- Haqsiz,lekin u qiz bola emas,mening o'g'lim bo'ladi.
- E,kechirasiz,men sizni uning otasi ekanligingizni bilmagan ekanman.
- Yana adashdingiz,men uni otasi emas,onasi bo'laman
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 922 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Bir kishi bilan tanishadigan bo’lsak, uning qanday fazilatlarga ega ekanligi bilan qiziqamiz. Illatlari ham nazarimizdan chetda qolmaydi. So’ng aqlu farosatimizni tarozuga aylantirib, yangi tanishimizning fazilatu illatlarini “tortib” ko’ramiz. Tarozuning “fazilat” pallasi og’irroq kelsa, yangi tanishimiz bilan yanada yaqinlashishga, do’stlashishga intilamiz. Tarozuning “illat” pallasi bossa, undan nari qochishga urinamiz. O’zimizga hos ajib hususiyat shundaki, “fazilat” va “illat” tushunchalarini o’z aqlimiz darajasidan chiqolmagan tarzda, o’z qarichimiz bilan o’lchaymiz. “Komil insonga hos fazilat” degan me’yorni esa unutamiz. Shu bois yangi tanishimizga hos fazilatday ko’ringan odat komil insonga yot, imonga zid bo’lib chiqish ehtimoli ham bor. Bu borada yanglishmaslik, yangi tanishni asl holida tanimoqlik uchun o’zimizning qobig’imizdan chiqishimiz kerak bo’ladi. Kallakesar odam chivinga ham ozor bermaydigan kishining bu mo’minlik fazilatini qadrlay olmaydi, aksincha, “nodon” deb k ... Davomi »
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 877 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 4.0/1 | Izohlar (0)

Ajabo, bir necha daqiqa masjidda naqadar uzoq-u, navbatdagi serial qarshisida naqadar oz.
- Ajabo, qo’lingdagi ming so’m masjidga naqadar ko’p-u, bozorga naqadar oz.
- Ajabo, duoda so’zlar naqadar topilmaydi-yu, g’iybatda shu qadar quyilib keladi.
- Ajabo, agar futbolda qo’shimcha vaqtga o’tadigan bo’lsa, naqadar hayajonlanib turamiz-u, Ramazondagi qo’shimcha namozdan uzoq deb noliymiz.
- Ajabo, odamlarga juma ma’ruzasini esda saqlab, boshqalarga etkazish naqadar og’ir-u, ig’voyu mish – mishlarni tashib yurish naqadar engil.
- Ajabo, bo’lar – bo’lmas mish mishlarga, cho’pchaklarga ishonamiz – u, Parvardigorning haq so’ziga shubha qilamiz.
- Ajabo, sevimli ko’rsatuv oldidan tayyorlanib, har qancha kutamiz-u, namoz vaqti deyarli o’tib ketsa ham, unga hech qancha tayyorgarlik ko’rmaymiz.
- Ajabo, serial qahramonlarini naqadar sevib, ularni kuyib – pishib muhokama qilamiz-u, masjidda yonimizda turgan namozhonni tanimaymiz.
- Ajabo, ha ... Davomi »
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 1075 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 5.0/1 | Izohlar (0)

Biz o'lim ustidan kulamiz va dorixonadan kilolab dorilar sotib olamiz;

Bizga ommani fikri farqi yo'q, va biz doimo "ko'rinishim qanday?" deb so'raymiz;

Biz yolg'izlikni yaxshi ko'ramiz va qo'limizda telefonni qattiq siqib yuramiz;

Biz uyimiz - qo'rg'onimiz deb hisoblaymiz, va kechalari uni biz bilan portillatib yuborishlaridan qo'rqamiz;

Biz mutlaqo hotirjamligimizga iqrormiz va qo'limizni navbatdagi sigaretga uzatamiz;

Biz odamlarni hayratda qoldiramiz va "sevaman" deyishga qo'rqamiz;

Biz odamlarga ishonmaymiz, va haftasiga kamida bir marta kimgadir hasratimizni ochamiz; biz sevgiga ishonmaymiz, va kechalari yostiqqa yig'laymiz;

Biz bugungi kun bilan yashaymiz va ertangiga rejalar tuzamiz;

Biz printsipdan yangiliklarni televizordan ko'rmaymiz va ularni internetdan o'qiymiz;

Biz juda ko'p o'zimizni tanqid qilamiz va faqat o'zimizni yaxshi ko'ramiz.

Biz o'zimizga hamma hatolarni kechiramiz va ularni qaytarganlarga yomon ko'z bilan qaraymiz;

Bi ... Davomi »

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 1343 | Sana: 17.02.2009 | Reyting: 4.2/5 | Izohlar (0)

« 1 2 3 4 ... 9 10 »
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024