Onajonim.
Onajonim, na muncha mehribonsan, Dilga oro berar oromijonsan, Qadriyatni bilguvchi qadrdonsan, Umidvorim, aylanayin o'zingdan, Jon ozig'i - shirin –shakar so'zingdan!
Qizginangga qizingdan nisor mehringni, Ishga solib o'tkir sirli sehringni, Fusunkorim, ochg'il menga sehringni, Umidvorim, aylanayin o'zingdan, Jon ozig'i – shirin-shakar so'zingdan!
Senga o'xshab dilbar ayol bo'layin, Oriyatli, lafzi halol bo'layin, Odamiylik vasliga xol bo'layin, Umidvorim, aylanayin o'zingdan Jon ozig'i – shirin-shakar so'zingdan!
|