Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
Яна кандай кушимчалар зарур ?

Barcha javoblar: 429

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Juma, 29.03.2024, 12:36
Главная » 2009 » Yanvar » 30
Milyon yilda meni yaratdi hayot,
Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz.
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv,
Quyoshdan ishorat — ko‘z yorar ildiz.
Men, axir ularga o‘xshamayman-ku,
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz.

Har elat o‘zicha atar shamolni,
Mingta ism bilan yashaydi yulduz.
Sen qaydan topasan boshqa Iqbolni,
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz.

Yopishtirildi: Картинка 1
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 846 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sen bunda nochor keldingmi?
Nechun yig‘larsan bulbul, hey…
Charchab izing yo‘qotdingmi?
Nechun yig‘larsan bulbul, hey…

Qorli tog‘lardan oshdingmi?
Shoshqin irmoqlar kechdingmi?
Yoringdan ayru tushdingmi?
Nechun yig‘larsan bulbul, hey…

Nechun dardli ingrayursan,
Mening dardim yangilarsan.
Do‘stni ko‘rmakmi tilarsan?
Nechun yig‘larsan bulbul, hey…

Ishongan tog‘ing ketdimi?
Yo nomu oring bitdimi?
G‘urbatda yoring qoldimi?
Nechun yig‘larsan bulbul, hey…

Gulistonlarda yayrarding,
Toza gullarni bo‘ylarding,
Ajib xonishlar aylarding,
Nechun yig‘larsan bulbul, hey…

Uyqudan ko‘zim uyg‘ondi,
Uyg‘ondi, qonga bo‘yondi,
Yondi, bu yuragim yondi,
Nechun yig‘larsan bulbul, hey…

Ne bo‘ldi, Yunusga ne bo‘ldi?
Daryoi ishqqa g‘arq bo‘ldi,
Yana bahoriston bo‘ldi,
Nechun yig‘larsan bulbul, hey…

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 767 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ko'zlaringdan oqqan yosh
Ko'ngillarni dog' qildi.
Ayriliqning bag'ritosh
Azoblari ham keldi.

Ketding, ketding sen ketding,
Orqangda qoldim xayron.
"Uchrashmaymiz biz?"-deding,
Yuragim tilka, vayron...

Qalbimga o't soldingu,
Tark etding sen negadir...
Yarim yurak qoldiku,
Qolgan yarmi sendadir...

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 751 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Bir koreys qiz aqlu xushim olib qochdi,
Shirin so'zlab, yurakka o't solib qochdi.
Men ham uning nozlaridan shodu shaydo,
Har kun uning xuzurida bo'ldim paydo.
Yujin juda soddagina qizaloqcha,
Keng qalbimda unib chiqqan qizg'aldoqcha.
Bir daqiqam usiz o'tmas, ishoningiz,
Zerikaman yiroq bo'lsam undan xargiz.
Oqshomlari Yujinimni tushda ko'rib,
Sochlarini o'zbek qizlar kabi o'rib.
Sevgim ifodasi- ishqiy she'rlar bitdim,
Yuzlaridan bo'sa olib, sevgim aytdim.
... Yujin fevral kelsa, Singapurga ketar,
Bilim olib, kelajakda yurtga qaytar.
" Yujinginam, ro'yob topsin orzularing,
Unutmasman sening shirin kulgularing.
O'zbek diyoriga kelgin, seni kutgum,
Senga sodiq yuragimni taqdim etgum..."
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 1989 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Man yururman yona-yona,
Ishq bo`yadi mani qona,
Na oqilman, na devona,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Yo qo`lim ol qoldir mani
Yo vaslingga qondir mani
Ko`p yig`latding, kuldir mani
Kel, ko`r mani ishq nayladi.

Man yururman eldan elga,
Do`st so`rarman tildan tilga.
G`urbatda holim kim bilar,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Majnun bo`lubon yururman,
U yorni tushda ko`rurman.
Uyg`onib malul bo`lurman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Rangim sariq, ko`zlarim yosh,
Bag`rim pora, jigarim tosh.
Holim bilgan dardli qardosh,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Ishqing mani mast ayladi,
Oldi ko`nglum, xast ayladi.
... Davomi »

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 1124 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 2.0/1 | Izohlar (1)

Muhabbat — chiroyli kapalak,
qo`rqaman sho`rlikni tutgani.
Kapalak quvganim yonimda,
yodimda yo`q ammo yetganim.

Yuragim ranjigan boladay
na ermak, taskinga ko`nadi.
Muhabbat — chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qo`nadi.

Ortidan halloslab chopaman,
xijolat bo`laman go`rlikdan —
qanchalik yugurmay, baribir
orqada qolardim sho`rlikdan.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 782 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u.
Ko`kragimga qo`lingni tirab,
Yuragimni to`kib qo`yding-ku.

Qancha ko`zlar menga zor edi,
Na g`am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.

Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.

Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku.

Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo`yding-ku!

Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ko`chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 844 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ayol boriga shukr qilishni bilmaydi, aks holda erkak zoti hanuz g‘orda yashardi.

* Quyosh — Ayol mehrining so‘nik uchquni, Oy — Ayol ko‘rkining xira nusxasidir.
Ayol bilan yonma-yon yashashning o‘zi xayolingdan tushkunlikni quvadi.

* Xudo ilk ayolni erkak qovurg‘asidan yaratgan ekan. Undan beri erkakning qovurg‘asi bitib ketdi, lekin uning qalbida ayol qoldirgan jarohat hanuz bitmagan.

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 933 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ayollar erkaklarni baxli qilishning bitta yo`li, baxtsiz qilishning mingta yo`lini biladi.
***
Sevgi shirin tush. Sabr bilan shug‘ullanganida ayollardan mashhur matematiklar chiqardi, chunki ular erlari qaerdan, qachon va qancha maosh olishini aytib berishda aslo adashmaydilar.

* Dunyo ishlarining o‘tkinchi va dahmaza, jon og‘rig‘i ekanini ayoldan bezgach sezaDI. Bola tug‘ish va uni voyaga yetkazish mashaqqatlaridan yaxshi voqif bo‘lgani uchun ayollar tobut yasashni hech qachon kasb-kor qilishmagan.

* Iltijolari bilan erisholmagan narsaga ayol ashklari bilan erishadi.an. Nikoh - uyg`otuvchi soat.

Yopishtirildi: Картинка 1
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 1064 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (1)

Sevilish — boy bo'lishdan ham afzalroq, chunki suyukli bo'lish — baxtli bo'lishdir.
K. Tile.

Sevgi — bu yashamoqlik istagidir
M. Gorkiy.

Sevgi barcha tuyg'ular ichidagi eng qudratlisidir, shuning uchun ham u aqlu xayolni, qalb va vujudni egallab oladi.
F. Volter.Sevgi ko'pncha eng aqlli odamlarni ham aqldan ozdiradi, aqlsizlarga aql beradi.
D. Didro

Sevish - o'z sevganing hayoti bilan yashash demakdir.
L. Tolstoy

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 881 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sevgi - jozibaga to'lgan bir umr,
U baxtu alamda birdayin masrur.
U hijronda jo'mard, ayriliqda mard,
Yillar o'tganda ham pokiza, begard.
J. Bayron

==========================

Chin muhabbat meyor va chegarani bilmaydi.
Properskiy

==========================

Chin sevgi har qanday odamni pokizalashtirib, onadan boshqa tug'ilganday ko'kka ko'taradi.
Chernishevskiy

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 850 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sevish – bir-birovingga qarash emas,balki birgalashib bir tomonga qarash demakdir.
Antuan de Sent-Ekzyuperi

* * *

Muhabbat! Bu barcha ehtiroslarning cho'qqisi va eng g'olibidir. Ammo uning adadsiz zabtkorlik kuchi cheksiz-chegarasiz oliyjanoblik va deyarli tasavvurga sig'maydigan darajadagi beg'arazlikdan iboratdir.
G. Geyne

* * *

O'z sevgilisining kamchiliklarini ham ardoqlamagan odam o'zini chinakam oshiq deyolmaydi.
P. KalderonMuhabbat shu qadar qudratliki, u bizning o'zimizni ham qaytadan yaratadi.
F. M. Dostoyevskiy

==========================

Jondan sevmagan odam uchun hayotning yarmi va buning ustiga eng go'zal qismi mavhumligicha qolaveradi.
Stendal'

==========================

Sevgi - ajib bir gul, ammo tubsiz jar yoqasida o'sgan bu gulga yaqin bormoq va uzmoq uchun jasorat kerak.
Stendal'

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 801 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Muhabbat o'limdek kuchliligini bilamiz, ammo u shishadek mo'rt hamdir.
G. Mopassan
________________________________________
Olamda sevgilingning siymosidan go'zalroq chehra, uning ovozidan ham yoqimliroq musiqa yo'q.
J. Labruder
________________________________________
Sevgi - eng nozik va pinhoniy tuyg'udir. Sevgi sirlarini ehtiyot qiling.
V. A. Suxomlinskiy



Sevish – o'z sevganing hayoti bilan yashash demakdir.
L. Tolstoy

* * *

Insonni sevish degani nima o'zi? Bu, insonga nima yaxshi bo'lsa, shundan quvonish, uning farog'ati uchun nimaiki zarur bo'lsa, hammasini bajo qilish, o'zining bu himmatidan lazzat topish, rohatlanish demakdir.
N. G. Chernishevskiy

* * *

Sevimli ayolning hattoki qahri ham biz baxtli damlarimizda boshqa ayollardan topishimiz mahol bo'lgan cheksiz joziba bilan to'lib-toshgandir.
Stendal

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 796 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Hech nima erkak qalbini sevilganlik tuyg'usidek kuchli rom etib, yumshatolmaydi.
G. Senkevich.

Faqat sevgan kishigina inson degan nomga munosibdir.
A. A. Blok.

Sevgi har qanday qismatga ham zarba beradi.
M. Servantes.


Sevgi odamlarni kuch-qudrat tuyg'usi bilan boyitishi kerak va boyitadi ham.
A. S. Makarenko.

Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysuntiradi, dimog'dorlarni shavqatga o'rgatadi, ammo uning asosiy xususiyati — nimaiki bor, barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi.
Mayn Rid.

Chinakam sevish — o'zi haqida o'ylashni unutishdir.
J. J. Russo.

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 840 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

1.Kimki qattiq sevsa, o’zining allaqachon suyukli bo’lmay qolganini uzoq vaqtgacha sezmaydi.
2.
Oilaning asosi SABR-…..
Muhabbat uzoq davom etishi mumkin emas.

3.Borliqda tanxo inson bo’lish bu yaxshi, ammo bir inson uchun butun borliq bo’lish undanda yahshi…
_________________________________________________

Dunyoda sevgidan ham muhimroq narsalar bor …………. (ISHONCH)!!!

There are some other things more important than love……(BELIEF)!!!
4.Avvalom bor bu go'zal so'zlarni manga tarjima qilib bergan do'stimga tashakkur!

Love will fly if u hold too lightly. Love will die if u hold too tightly! To love is nothing, to be loved is smth. To love and be loved is everythin!

Sevgini mahkam tutsang u parvoz etadi, sevgini mahkam tutsang u halok bo’ladi! Sevish bu hali hech narsa emas, sevilish nimadur go’yo, sevish va sevilish esa borliqdir tanxo!
_______________________________________________

A wise man once said: First love is like ... Davomi »

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 884 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 5.0/1 | Izohlar (0)

1.Go'zallik baxt uchun, bir vada holos..
2.Tabiat ayolga shunday deydi: uddasidan chiqsang go'zal bo'l, hohlasang oqila bo'l,
3.Sevgi bu – sen uni nima uchun va qaysi hislati uchun sevib qolganingni bilolmasligindir
4.Sevgi bu – har bir nigohni uning nigohiga o’xshatishing, birovlarning so’zalri xuddi u gapirgandek tuyilishi, va nihoyat dunyoda sening sevgingdanda kuchliroq, qattiqroq va mustahkam sevgi yoq ekanligiga ishonishing.
5.Muhabbat go’zal! Ammo uni asrab avaylash undanda go’zal!!!
6.Sevgining ikki turi mavjud: agar biz boshqa odamga bo'lgan sevgimizni sevsak-bu sevgi, agar boshqaning bizga bo'lgan sevgisini sevsak bu-do'stlik.
7.Sevgiga kuch qolmaganda xam rashkka topiladi
8.Ba’zilar sevgi haqida haddan ortiq ko’p eshitganlari tufayli sevib qoladilar.
9.Kishilar bir-birlarini sevmay qo’yganlarida ajralish uchun sabab topishga qiynaladilar
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 867 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Yana jimirlab yog’moqda yomg’ir,
Qaro ko’zdan oqayotgan yosh.
Sog’inganing men uchun shudir,
Bas, yig’lama yetar qalamqosh.

Erta, indin balki keyinroq,
Ko’z o’ngingda paydo bo’laman,
Sog’inch qonar, qonar dil, biroq,
Men ungacha ado bo’laman.

Menga visol, uchrashmoq nedir,
Gul chehrangni ko’rsam yetar, bas…
Ovozingni eshitdim hozir,
Tabassuming ko’rmoqlik havas.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 755 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

A yol bo’lsa, sizdek bo’lsa,
D ono, oqila qizdek bo’lsa.
O rasta va jozibador,
L utfda yulduzdek bo’lsa.
A yol bo’lsa, sizdek bo’lsa,
T amanno,Qunduzdek bo’lsa.
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 789 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Nechun ko’zlaringda qora ko’zoynak,
Ko’zing qoroligi yetmasmi o’zi?
Ko’z qorang g’oliblik qildimi, malak,
Qoraga muhtojmi yo tong yulduzi?

Qoraga shunchalik o’chmi ko’zlaring,
Balki, sir bermaslik uchun urinar.
Qora ko’zoynakdan tiniq ko’zlaring,
Bulut qirg’oqlagan oydan ko’rinar…

Senga yarashadi qora ko’zoynak,
Menga ham yoqadi, taqsang, taqaver!
Parpiragan nurning oshig’i yurak,
Dilni ish o’tida yoqsang, yoqaver!

Qora ko’zoynaging aylansin sendan,
Bari bir qalbingni ko’raman aniq…
Shuncha yashirsang ham ko’zingni mendan,
Tun yashirolmagan yulduzday yoniq!

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 885 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sevdimmi, sevildim? So’rama mendan!
So’rama,o’zingga oydinday ayon…
Mabodo, birovlar so’rasa sendan,
O’yla, so’rog’ida balki, border jon…

Kimdir havas qilar, kimdir hasadgo’y,
Hasadgo’y oldida tiygin tilingni.
Havas qilsa, kimdir yaxshilikka yo’y,
Unga baxshida et, hatto dilingni!

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 845 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Xiyobon bog’iga otilgan gulday,
Va o’zing nogahon gul bo’lib qolding.
Bahor sehrlagan oshiq ko’ngilday,
Entikib-entikib, chuqur tin olding.

Balki, bir quchoqsan, bir bog’ning o’zi…
Balki, o’xshashi yo’q ilohiy gulsan.
Sendadir, sevgilim, qalbimning ko’zi,
Men senga, sen esa sevgiga qulsan.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 803 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sevdimu sevgimni goh etdim oshkor,
Goh sirday saqladim hasadgo’ylardan.
Ba’zan vazmin bo’ldim, ba’zan beqaror,
Tikanday tiklangan harommo’ylardan…

Kimning yuragi, bu, bezovta betinch,
Senikimi, jonim beraman ista!
Hol buki, ko’nglimda daf’atan sevinch,
Baxtimga salomat, borsan, Shohista.

Men seni sevardim, sevaman hamon,
Jonginam, hech qachon ikkilanish yo’q!
Oshiq dil chekmaydi ne dard, ne afg’on,
Nafaqat yetmaydi hasadgo’yga oq…

Dardimni yutdimu, chiqmadi sado,
Naqilay, ey ko’ngil, gunohimdan kech!
Ezildim, qiynaldim, entikdim, ammo,
Ahmoqning oldida egilmadim hech…

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 766 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sevaman desam gar ta’na qilma hech,
Muhabbat charog’bon oshiq yo’lida.
Xayol, chalg’itganda shak-shubhadan kech,
G’ariblikdan o’lmay sevgi cho’lida…

Men seni bugunmas, kecha topganman,
Bir gul tanlaganday gulzor orlab.
Balki, topganimda quvnab chopganman,
Urinib-surinib, qalbni yaralab…

O’ylasam, nehca yil, necha kun o’tdi,
Qancha yellar esdi o’shandan buyon.
Ne ne olovlarni vaqt komi yutdi,
Lekin, ishq yong’ini ko’ngilda hamon…

Mendan o’zga seni sevaman desa,
Ishonma, azizim, degilki, yolg’on!
Degilki, shunday deb aytdi bir keksa,
O’sha keksa uchun saqlagil imon!...

Deydilar, sochimda, saqolim ham oq…
Taajjub! Negadir, o’zim ko’rmayman?
Hali, yuragimda muhabbat uyg’oq,
Naylay! Uxlatgali uni qo’ymayman.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 728 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Mendan so’rasinlar sening yoshingni,
Bilmaganlar, mayli, bilmasdan o’tsin!
Hamisha ko’ksimda ko’ray boshingni,
Ko’rolmagan nomard qon yutsa, yutsin!
O’zgalarga aytma, ayta ko’rma hech,
Mendan so’rasinlar sening yoshingni…
Mabodo, adashsam, gunohimdan kech!
O’zing ham gunohga qo’yma boshingni!
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 813 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Muhabbat undaydi kelajak sari,
O'ylab ko'r, ishonchni oqlolasanmi?
Sen uchun azizim, ko'zim gavhari,
Gavharni gavharday saqlolasanmi?

Mening sevgim senga beqiyos, tengsiz,
Yuragim to'xtasa, yuraksan go'yo...
Demak, yasholmayman bir umr sensiz,
Yuraksiz yashamoq mumkinmi? Aslo!

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 824 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 1.0/1 | Izohlar (0)

Sevgilim, men hamon qoshingda qulday...
Koshkiydi, tan, olsang, tanisang meni?
Oq oydin kechalar ko'raman seni,
Xayolot bog'ida tashna bir gulday...

Sening ko'zlaringmi yoki yulduzlar...
Shu'lalar soyasi kipriklaringmi,
Qosh bo'lib ko'ringan bitiklaringmi?
Yuragim o'q yegan ohuday bo'zlar!...

...Xokipoy emasman, o'sha isyonkor,
Xokisor oshiqman, o'sha kamolim,
Balki o'zgargandir husni jamolim,
Lekin o'sha sevgi, o'sha dard, viqor...

Yuz yillar yuzini ko'rgim keladi,
Shox qalam izidan yurgim keladi.
Orzuga ayb yo'qdir! Orzuli dunyo!
Dunyo turgungacha turgim keladi.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 817 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 4.0/1 | Izohlar (0)

Men seni sevaman, sevaman seni,
Bag'rimga bosaman avaylab gulday.
Koshkiydi tasavvur etolsang meni,
Malika poyiga yiqilgan qulday...

Men seni kuylayman, kuylayman seni,
Satrlar safiga qo'shib olganday...
Men seni o'ylayman, o'ylayman seni,
Sen ketib, go'yo men yolg'iz qolganday...

Men seni sevaman, sevgim sir emas,
Sevgim tiniqligi xuddi kunduzday...
Seni bir boqishing o'zi ming havas,
Ko'zlaring ko'zimga qo'ngan yulduzday...

Men seni kuylayman qo'rim boricha,
Qalamim nuqtada sinmasa basdir!
Men seni sevaman umrim boricha,
Yuragim bemahal tinmasa basdir!

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 899 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ko`zimga mil tortar, savob-gunohim,
Har gul titrog`ida qaltirar ohim,
Ey ishq deb topngan buyuk panoxim,
Sendan tilaganim armonlarmidi???
Mahzun ko`zlarimga to`kilgan dunyo,
Kuylagi dardlardan tikilgan dunyo,
Bag`riga stamlar ekilgan dunyo,
Sendan tilaganim yolg`onlarmidi???
Itlar galasidan talanib o`tib,
Ming bor qonlar yutib, zardoblar yutib,
Pajmurda yuragim hovuchlab tutib,
Yaxshi deb topganim yomonlarmidi???
Men yig`lay yoshlarim toshlarga tomsin,
Jon tig`lay ohimdan yo`llaring yonsin,
Men tondim bas, dunyo mendan ham tonsin,
Ayt, sendanm topganim hijronlarmidi/??
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 817 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Yuragimda hamon yonar chog' eslasam sening ko'zlaringni
Topolmayman men o'zimga joy sog'inib mayin ovozingni
Sog'inaman lekin yuragim charchagan bu cheksiz azobdan
Qani edi unutsam seni isming uchirib yuragimdan
Qani unutsam men eslamasam o'sha kunlarimni seni sog'inib
Men achinmasam o'tgan kunlarimga yolg'izligimga asta ko'nikib
Ishontirib sen so'zlaringga berar eding sevgimga najot
Bahtli edim sen bilan birga jonim unitding meni nahot
Tushintirmay hatto sababi sen ketding aylanib orzuga
Mayli o'tsin sensiz kunlarim lekin men bormayman yoninga
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 784 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Yaxshiyam sen borsan yorug` dunyoda,
Yuqsa shodliklarni qaydan olardim?
Yuragim kim uchun bedor bo`lardi,
Kimlarning yo`liga ko`z tikar edim?

Yaxshiyam sen borsan yorug` olamda,
Yuqsa "qayg`ular"ni qaydan olardmi?
Sen tufayli bildim rashk iztirobin.
Yuqsa bu "azob" dan mahrum bo`lardim.

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 871 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Men quvonar bo'lsam-sen sabab,
O'yga tolar bo'lsam-sen sabab.
Men o'lishni istamayman,yo'q!
Nogoh o'lar bo'lsam-sen sabab...
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 851 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sizni sog'inib boshlanar tongim,
Sizni sog'inib o'tar kunduzim,
Sizni sog'inib bedordir tunim,
Balki shunday sog'inib tugaydi umrim!
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 777 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Garchi mendan olislayotgan bo'lsang-da,senga yeta olmayotgan bo'lsam-da,baribir sening izlaringdan borardim...
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 842 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Qo'lim bordi...Ko'nglim chopmadi,
Parcha-parcha qildim suratni.
Anglolmadim,qayerdan oldim,
Jasoratga tengdosh jur'atni...

Qo'llarimdan to'kildi hislar,
Men esa jim kuzatib turdim.
Qancha sevmay o'zimga o'zim,
Unut! Unut!-deya buyurdim...

Men kechmoqni istadim sizdan,
O'n daqiqa sizsiz yashadim!
Jonni tikib soat miliga,
Olti yuz soniya sanadim...

Asli o'zi tushunmoq mushkul,
Dil deganning tilaklarini.
So'ng yuzimga bosib yig'ladim,
Suratingiz bo'laklarini...

Ishqingizni bo'laklarini...

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 786 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Vijdonimiz oldida o‘zimizni oqlamoqlik uchun ko‘pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmaydi deb, o‘zimizni ishontirmoqchi bo‘lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz...
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 785 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sevman deb aldading meni
Yaralading yuraklarimni
Oxirida aylading jafo
Xursandmisan endi bevafo
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 831 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ko'ngil bo'lib ochilding-u kulmading
Ko'ngil bo'lib bir ko'ngilda qolmading
Ilxom chekkanda jon xazrati kelmading
Muxabbatim faqat sen san armonim

Gox ming qotim yugurdimku izingdan
Ketma dedim g'uncha yuzing olib ko'zimdan
Xazar etdim nomart turgan pasimdan
Muxabbatim faqat sensan armonim

Seni eslab oqaverdi kunlarim
Yodga oldim eng baxtiyor kunlarni
Sen men qolib baxtli qilding kimlarni
Muxabbatim faqat sensan armoni

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 824 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

To'kma ko'z yoshingni, yig'lama go'zal!
Majnuntol singari yoyma sochingni.
Mening gunohimni kechirgil bir gal.

Tomchi tomib turar qoyadan chak-chak,
Bir tomchi toshlarga solibdi ajin.
Axir tosh emas-ku, mendagi yurak...
Ko'z yoshingni to'kma, menga haw achin.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 795 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Yetmasi ko'p yetardan oti arzon egardan yov chiqadi jigardan dunyo o'zi shunaqa. Omonat dunyoda omon bo'laylik
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 1223 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ba'zilar baxt ne deb mendan so'raydi,
Baxt degan-oson gap-orzuga yetish!
Yetish yo'lin ayt deb yana qo'ymaydi,
Buning uchun kerak mashaqqat chekish.

Ba'zilar so'raydi sevinch nima deb,
Bu xam oson narsa-betashvish bo'lish.
Tashvishdan qutulish yo'lin so'rarsiz,
Ha, buning chorasi-halol mehnat, ish.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 787 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sen hali qizlarning shohi bo'lasan,
Sonsiz yulduzlarning yagona mohi.
Sen hali qalbimning ohi bo'lasan,
Ne kuyuk dillarning o'chmas faryodi.

Hurkak tabassumlar ko'chadi hali,
G'uncha lablaringga, guldek chehrangga.
Yuzlarimni tilib, sochimni yulib,
Zikrga tushaman xali tegrangda.

Ruhimda uyg'onib tuyqusdan bir tong,
Sibizg'a chaladi hali taajjub.
Ko'nglim och chumchuqday chirqirab nolon,
Shoxlardan-shoxlarga yuradi ko'chib.

Hayrat telbalanib do'mbira chalar,
Gupurlab, dupurlab o'ynaydi yurak.
Men esa, hapqirib o'lmaslik uchun,
Qaygadir bosh olib ketmog'im kerak.

Omad hali seni qaydadir kutar,
Hali falaklardan kelgaydir yorliq.
Changlarga belanib hali elanar,
Go'zallik poyida to'kilgan borliq.

Yulduzday porlagay chashmi timlaring,
Izlaringdan hali ungusi chechak.
She'r bo'ladi, gulim, tabassumlaring,
Kulgularing buyuk doston bo'lajak.

Men ... Davomi »

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 880 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sendan yiroq ketdim ko'ngil uzilmaydi,
Muxabbatim imorati buzilamydi.
Buni kimdir bildi,kimdir bilmadi,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.

Ming so'moqqa yetaklaydi ishning zayli,
Bizdan ortiq emas ekan Majnun-Layli,
Xofiz bo'lib ketdim mana sen tufayli,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.

Endi qayta uchrashmaymiz alvido yor,
Yuragimning eng tubida bir nido bor.
U dunyoda uchrashtirgin parvardigor,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 818 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Azoblanma do'stim o'rtanma,
Shubxalaring barchasi bekor,
Seni maftun qilgan go'zalning,
O'zi maftun, beqaror.

Asl sevgi tilda bo'lmaydi,
Qiz demaydi "Sevdim, oshiqman !"
Bilmak bo'lsang ishqin, sevgisin,
Qalbin tingla, shoshma, oshiqma...

Boqishidan anglamoq mumkin,
Niyat, ishqin aytmasdan bir so'z,
Chunki ba'zan qalbning sirini,
Oshkor qilar bir tabassum, ko'z.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 769 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Seni kutib yashayman jonu-jaxonim,
Xayolimda sensan tunlarim bedor,
Vaslingga yetsam gar qolmas armonim,
Yo'lingga bunchalar qilma intizor.

Yashayman chin dildan seni sog'inib,
Ishqingda to'kilar ko'zlarim yoshi,
Sen borsan qalbimda porlaydi doim,
Sira so'nmas bo'lib SEVGI quyoshi.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 757 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Oydin tunda oy nurida cho'milgan qiz,
Yuzlab nigox girdobiga ko'milgan qiz.
Nozlar qilsa qoroqlari yumilgan qiz,
Men sen uchun, sen men uchun yaralganmiz.

Oshiq sanab adshdingmi sanog'ingdan,
Qo'ygil endi qor yog'masin qabog'ingdan.
Izn bergil labim kuysin yanog'ingdan,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Aytgil tokay uyalasan xayoligim,
Qalbi sirli sevgisidan sadoligim,
Butun olam sezib qo'ydi shaydoligim,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Extirosdan entikasan xayot go'zal,
Bandidirsan muxabbatga naxot go'zal,
Ko'ngling menda yashirmagil xayxot go'zal,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Xaqlidirsan bo'lmoqlikka sen g'ururli,
Xurkak o'tli nigoxingdan dunyo nurli,
Sexrli bir tuyg'u borki u shuurli,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 799 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Meni esla sevgan yoringni
Quchog'ida to'lg'onma jonim,
Menga bergan va'dalaringni
Unutolmay qiynalma jonim.

Jonu dildan sevdirib sevib
Nozli-nozli boqqan xam o'zing,
Lablarimga labingni qo'yib
Qalbimga o't yoqqan xam o'zing.

Yig'lama jonim,qiynama jonim.

Meni esla sevgan yoringni
Quchog'ida to'lg'onma jonim.
Menga bergan va'dalaringni
Unutolmay qiynalma jonim.

Endi boshqa bizni yo'limiz,
Qo'ygil yolg'on va'dalaringni,
Uzatsak xam yetmas qo'limiz
O'z yoringdan kutgil baxtingni.

Yig'lama jonim,qiynama jonim.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 839 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Kipriklar yoshlanarkan ko'zni sog'inib,
Dudoqlar g'ashlanarkan so'zni sog'inib.
Suxbatni sog'inib yashaydi ko'ngil,
Men-ku yashayapman sizni sog'inib.
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 799 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

To'kma ko'z yoshingni, yig'lama go'zal,
Majnuntol singari yoyma sochingni,
Mening gunoximni kechergil bir gal,
Bir dam qoyaga boq, ko'tar boshingni.

Tomchi tomib turar qoyadan chak-chak,
Bir tomchi toshlarga solibdi ajin.
Axir tosh emas-ku, mendagi yurak...
Ko'z yoshingni to'kma, menga xam achin.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 814 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Muxabbat bog'iga kirmadim bir bor,
Suyib bir gulga qo'l urmadim bir bor.
Endi tunlar yig'lar menga qo'shilib,
Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.

Biri biroviga o'xshamas , yo rab,
Ko'zimning yoshlari to'xtamas, yo rab.
Kuyarman bir unga, bir bunga qarab...
Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.

Birin erkalayman dudog'im bilan,
Birisin erkalab nigohim bilan.
Yasharman savobu gunohim bilan,
Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.

Birin hur deyinmi, birin guloyim,
Suymaganim suy6ganimdan muloyim.
Bu qanday ko'rgilik ekan xudoyim,
Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.

Daryoman, ikkita qirg'oqda ko'zim,
Tovonimda bo'zim, tomoqda bo'zim.
Ikki o't ichida qiynoqda o'zim,
Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.

Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 1130 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 1.0/1 | Izohlar (0)

SEVGI BU... DEB O'TIRGANDAN KO'RA SEVIB KO'RGAN AFZAL
Bo'limlar: HAYOTIY MASLAHAT | Ko'rildi: 816 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024