Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
Saytimiz yana qaytadan to'liq ishga tushganidan hursandmisiz?
Barcha javoblar: 299

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Seshanba, 19.03.2024, 15:07
Главная » 2009 » Yanvar » 31
U uzoq joylarga qilmasdi safar,
To‘kmang derdi ko‘zdan jolalarimni.
Derdi: Bir kungina ko‘rmasam agar
Sog‘inib qolaman bolalarimni.

Bedavo bir dardga chalindi sho‘rlik,
Dedi: Endi qaytib turmasam kerak.
Bo‘g‘ziga tiqilib kelsa ham xo‘rlik,
Bariga chidadi, bosiq va tiyrik.

Ketar chog‘ida ham yo‘qlikka tomon,
U taqdir hukmiga mardona ko‘ndi.
Faqatgina dedi: - Qiynar bir armon
Meni bolalarim sog‘inar endi...

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 850 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Eshigizdan qushlar uchub o`tmasin
Mendan boshqa yorga ko`ngliz ketmasin
Menda boshqa yorga ko`ngliz ketsa ham
Topgan yoriz bir haftaga yetmasin
Shunda Nargiz mazza qilib kulardi
Bo'limlar: SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] | Ko'rildi: 936 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ko'p do'stlarni uchratdim, lekin tilni tiyishdan afzalroq do'stni ko'rmadim.
Ko'p kiyimlarni ko'rdim, ammo tavodan afzalroq libosni uchratmadim.
Ko'p mol ko'rdim, biroq qanoatdan ortiqroq mol topolmadim.
Ko'p yaxshiliklar ko'rdim, lekin nasihatdan ko'ra chiroyliroq yaxshilikni bilmadim.
Ko'p taomlarni ko'rdim, ammo sabrdan lazzatli taomni uchratmadim.
Kimki insonlarni xor qilib kamsitsa, o'zi ham xor bo'lganini ko'rdim.
So'zi ko'paygan kishining xatosiyu gunohi ko'payganiga shohid bo'ldim.
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 807 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 5.0/1 | Izohlar (0)

MENI ESLAYSANMI?

Meni eslaysanmi, oy tilib-tilib,
Qiyqimlagan baxmalim – yalpiz?
Kimni izlayapsan, chuvalchang bo‘lib
O‘rmalab ketgan ildiz?

Ninachi qanotin urgan anhorim,
Sog‘inchingdan so‘zlab ber!
Ayt, seniyam bir sog‘inganing bormi,
Sopoldek darz ketgan yer?

Dadam ekkan terak, qishning chillasida
Bag‘ring tilinmadimi?
Qishlog‘im, ko‘klamning ilk pallasida
O‘rnim bilinmadimi?

Sevgilim, hammasi tamom bo‘lgan. Goho –
Meni qiynaydi bir so‘z.
Sendan bir narsa bilmoqchiydim, ammo
Yodimdan chiqdi, afsus...

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 949 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 4.0/1 | Izohlar (1)

Sog`inch

Sog`inch sochlari oqarib ketgan
Ishonchning ko`ksiga toshlar yig`laydi
Ishonchning qo`llari endi kesilgan
Baxtimning boshini gumon silaydi

Ruhimning yagona yopingan to`ni
Vujudimni kuydirar ayovsiz gulxan
Alanga, o`t chatnar, qolgan tanimni
Azoblar anovmas, o`zga bir sitam

Qo`llarim yetmagan olis yulduzlar
Ko`ksimga bosh qo`yib aylarmish fig`on
Tushim deb suvlarga aytilgan so`zlar
Axir hammasi ham emaku yolg`on!

Nahot quyosh umri shunchalar qisqa
Nahotki, oyning yarmi ham zulmat
Yo Rab! Bugun vafo dorga osilsa
Sevgiga go`rgov qilar xiyonat

Sevinchning suvrati sarg`ayib ketgan
Kiprikka osilib yoshlar yig`laydi
Tirnog`im ostida zindonband shayton
Ruhimga hukmdor bo`lmoq istaydi

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 780 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ko`zdan ketmas ko`zingning izi
Tong otganda - sahar yoki kech.
Ey, suluv qiz, oftobning qizi,
Sen ham meni eslaysanmi hech?

Ko`zdan yog`ar yoshlar yomg`iri,
Yuragingga tushmas hech biri.
Ko`zim yoshi, ko`nglim og`rig`i,
Sen ham meni eslaysanmi hech?

Qorlar yog`ar, yog`adi qorlar,
Boshim uzra hijrondan dorlar,
Sensiz kelib ketar bahorlar,
Sen ham meni eslaysanmi hech?

Ko`zdan ketmas ko`zingning izi,
Men-ku seni unutmayman hech!
Qo`lim yetmas oftobning qizi,
Sen-chi? Meni eslaysanmi hech?

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 824 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ko'nikaman barisiga yetar bardoshim.
Garchand sizni deya tinmas ko'zdagi yoshim.
Sizsiz menga borliq zulmat tanxo quyoshim.
Men baribir, men baribir sizni sevaman.
Vafo izlab tokay kezay telba dunyoni.
Qaydan topay kuygan qalbga zarra ziyoni.
Tasir qilmas birovlarning o'git farmoni.
Men baribir. Men baribr sizni sevaman.
Umrim o'tib borar ko'nglimchi yarim.
Bitta sizdan topar tuzalmas dardim.
Tinglang, dili izxorlarim bisyordir manim.
Men baribir. Men baribir sizni sevaman.
Men bilmayman qalbingizda ne o'y ne tuyg'u.
Balkim shundan yuraginda ortadi qayg'u.
Ammo sira o'z- o'zimni yengolmaymanku.
Men baribir. men baribir sizni sevaman.
Bo'limlar: SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] | Ko'rildi: 1392 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Tor ko‘nglingni tog‘ etib,
Afgor dilim sog‘ etib,
Sevinchni hamroh etib,
Kelmaysanmi, sog‘indim.

Ko‘nglim tengi sen – tanho,
Vaslingni etgin ato.
Ko‘z yoshim bo‘lsin ado,
Kelmaysanmi, sog‘indim.

Uchrashib bir, o‘sha on
Quchog‘ingda bersam jon.
Ko‘rmoqqa topib imkon,
Kelmaysanmi, sog‘indim.

Etmay meni bunga zor,
Qoshimga kelgin bir bor.
Yurakda mehrim bisyor,
Kelaqolgin, sog‘indim.

Oshiqi giryon bo‘ldim,
Ollohga nolon bo‘ldim.
Borolmay sarson bo‘ldim,
Kelmaysanmi, sog‘inib.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 815 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

SENI SOG‘INIB

Qorako‘z qaldirg‘ochoyimsan o‘zing,
Ko‘ksim ayvon bo‘ldi seni sog‘inib.
Ko‘zimdan bir lahza ketmadi ko‘zing,
Ko‘zim giryon bo‘ldi seni sog‘inib.

Ko‘changdan kechalar o‘tganim pinhon,
Kelmasingni bilib kutganim pinhon,
Oyu yulduzlardan tutganim pinhon,
Ishqim doston bo‘ldi seni sog‘inib.

Jonimga tig‘ urib qiynaydi sog‘inch,
Keyin tig‘ sug‘urib qiynaydi sog‘inch.
Xayrlashmay turib qiynaydi sog‘inch,
Yuragim qon bo‘ldi seni sog‘inib.

Belgisiz xilxona, ko‘hna mozorni –
Mozorki, qarovsiz xarobazorni
Eshitganing bormi, ko‘rganing bormi?
Dilim vayron bo‘ldi seni sog‘inib.

Sargardonlik majnun-layliga edi,
Bizniki faqat gul sayliga edi.
Olisda bo‘lsang ham mayliga edi,
Bog‘im xazon bo‘ldi seni sog‘inib.

Netay, peshonamda shu dard bor bo‘lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo‘lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo‘lsa!
Holim yomon b ... Davomi »

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 914 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sensiz yolg’izdayman bu keng dunyoda,
Quyoshsiz huvillab qolganday osmon.
Go’yo yashayapman sensiz ro’yoda,
Sog’inch yuragimni o’rtar beomon.

Seni sog’inaman ko’kda oy balqsa,
Yulduzlarga to’lsa har gal bu samo.
Yanada o’rtanar qalbim yangrasa
Bizning dardimizdan yaralgan navo.

Soginchdan yurakda o’tli ehtiros
Balki sevgimizda bu so’nggi tuyg’u.
Roziman azobli bo’lsada bu his,
Soginch-la qalbimiz birgadir mangu!

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 772 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Seni o‘ylayapman...
Qaydadir sen ham,
Olis yulduzlarga
Termulasan jim...
Kimnidir kutasan
Intiqib shu dam.
Men hali bilmagan,
Dilgir malagim.

Kichik bir nuqtada,
Jamuljam xayol...
Yo‘l qarab charchagan
Nigohing g‘amgin.
Toliqqan qarashda
Son mingta savol,
Orasta qalbingga.
Bermayapti tin.

Iching anor kabi.
Qizillikka g‘arq,
Har bitta donasi –
Azobing, darding.
Ayt nega jim tiling,
Sarvinozi Sharq,
Bunchalik sabrni
Qaerdan olding?

Bitmas matonat-u
Tuganmas toqat,
Va jindek tabassum,
Ko‘zlaringda jo.
Yuraging aqlingdan
Istaydi shafqat,
Har bitta zarbasi –
Yuzta iltijo.

Bas, yetar!
Qiynoqli damlaring
Ortda,
Unutib g‘amlarni,
Shodon kulamiz.
Ezgulikka to‘la
Ko’rkam hayotda,
Albatta ikkimiz
Baxtli bo‘lamiz...

Sog‘inib, o‘rt ... Davomi »

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 942 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Yan yana geçen geceler unutulup gider mi
Acilar birden biter mi ?
Bir bebek özleminde seni aramak var ya
Bu hep böyle böyle gider mi ?
Suya hasret çöllerde beyaz güller biter mi
Dikenleri göğü deler mi ?
Bir menekşe kokusunda seni aramak var ya
Bu hep böyle böyle gider mi ?

Kandine iyi bak beni düşünme
Su akar yatağini bulur..

Içimdeki firtina, kör kurşunla diner mi
Kavgalar kansiz biter mi ?
Bir mavzer çiğliğinda seni aramak var ya
Bu hep böyle böyle gider mi ?
Şu kahpe dünya seni bana düşman eder mi
Dostluklar birden biter mi ?
Bir kardaş selaminda seni aramak var ya
Bu hep böyle böyle gider mi ?

Kandine iyi bak beni düşünme
Su akar yatağini bulur..

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 854 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Yolg‘iz tunlarimda uxlamay chiqsam,
Tongda quyosh kutib, bossa hayajon.
Mehrimni ko‘z yoshdan bittalab yiqsam,
Yuborgim keladi sizga onajon!

Dilimda gaplarim tplanib qolgan,
Hech kimga aytmagan sirlarim bisyor.
Xattoki yuragim urishdan tolgan.
U sizga talpinar, mushfiq onajon.

Boshimga kechalar yostiqlar botsa,
Ishongan do‘stlarim sotsalar meni.
Saratonda yoshim kiprikda qotsa,
Dardlashgim keladi siz-la, onajon.

Dunyo tashvishidan to‘ldi bardoshim,
Qo‘l silab bariga, ketaymi, deyman.
Tizzangizga qo‘yib so‘ng dardli boshim,
Uxlagim keladi, munis onajon.

Mehribon tabassum o‘zim o‘ngida,
Uxlasam quloqda allalaringiz.
Har qachon duoim boshu so‘nggida,
Albatta, Siz borsiz, aziz onajon.

Qalbingiz misoli bir ohanrabo,
O’zingiz o‘kdagi porlagan quyosh.
Ovozingiz mayin – sahargi sabo,
Judayam sog‘indim, Sizni onajon

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 747 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori menman.

Sevgiga sodiqlik shartini qo‘ysang,
Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang,
Agar o‘n mingtadan yuzta qoldirsang
Bilgilki yuztadan bittasi menman.

Keksalik degan so‘z joy olsa dildan,
Yigitlik quvvati ketsa ham beldan,
Har kun gul olsang sen gar o‘nta qo‘ldan
Bilgilki eng avval gul tutgan menman.

Falak falakligin qilsa nogahon,
Sendan yuz o‘girsa hatto keng jahon,
Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon
Qolgan shu oshig‘ing bilgilki menman.

Ko‘zlaring bemahal yoshlarga to‘lsa,
Agar dushmanlaring ustingdan kulsa,
Oshiqlaring agar hech kelmas bo‘lsa
Marhum ul Rasul Hamzat bilgilki menman.

Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Oshiqlaring kelsa gar mingta yo‘ldan
Bilgilki eng avval ... Davomi »

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 929 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

G'amgin yurak, g'amga sol yurak,
Bechorani xo'rlasang bo"lmas.
Seni bugun ko'rishim kerak,
Seni bugun ko'masam bo'lmas...

Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar bergaymi omon?..
Tushun, Seni sog'indim yomon,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Balki quyosh qular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga.
Nima bo'lsa bo'lar ertaga,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Uzun tunlar bunchalar muhzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun.
Men ertaga yashashim uchun,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas!

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 882 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

çok özledim annem seni.

Ver öpeyim Ellerini
Işik Tut Bana Gözlerini
Sevgi Dolu Sözlerini
çok özledim Annem Seni

Boynum Bükük Yaban Elde
Bir Garibim Karanlik Köşede
Ismin Duadir Her An Dilimde
çok özledim Annem Seni

Helal Et Bana Hakkini
üzdüysem Güzel Canini
Geç Anladim Senin Farkini
çok özledim Annem Seni

öyle Hasretim Ki Sana
özenmiş Gözlerim Bulutlara
Yağar Her Gece Yastiğima
çok özledim Annem Seni

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 732 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Bizning ko‘cha sog‘indi seni,
Dov-daraxtlar ketdi ichikib.
Ko‘tarolmay hijron yukini,
Simyog‘ochlar qoldilar cho‘kib.
Yo‘ling poylab qushlar sayradi,
Tentiradi soylar telbavor.
Loylar kechib bahor oylari,
Yig‘lab o‘tdi senga intizor.
Eh, meni qo‘y,
Qo‘yaver meni,
Ichikmadim daraxtlar kabi.
Simyog‘ochday cho‘ka bilmadim.
Sayrolmadim qushlar singari
Loylar kechib bahor fasliday,
Xun-xun yig‘lab o‘ta bilmadim.
Menmi,
Men... Eh, qo‘yaber meni...
Ko‘chalar ham sog‘indi seni.
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 786 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

MEN KIMGA SUYANGUM

Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon:
- Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon.
Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Tinimsiz aldasa muhit, makoning,
Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning.
Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Noshukur emasman dunyoda garchand,
Qaydadir menga ham bor balki dilband
Va lekin tiriklay kuydirsa farzand,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Insofu ishonch ham shirin so‘z bari,
Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari.
To hayot ekansan qochgaydir nari,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Shunchalar kaj erur dunyoi gardun,
Undan diyonatni axtarmoq nechun,
Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni,
Joningmas, martabang, balki shoningni,
O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni, < ... Davomi »

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 805 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

MUHABBAT

Har mo‘min dilida bir orzu faqat,
Har damda o‘yida Mahsharning kuni.
Alloh gunohlarin qilib mag‘firat,
Zora noil etsa jannatga uni.

Tunlari meni ham chulg‘aydi xayol,
O’zing yorlaqagin meni ham, yo Rabb.
Sening vasling garchi eng oliy visol,
Rahm etgil va lekin holimga qarab.

Mening ham tilagim ol inobatga,
Qovushtir orzular olami bilan.
Rasululloh demish: Kishi jannatga
Kirgaydir sevikli odami bilan.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 798 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Tavallo

Faqat sen bor
Faqat sen ozod,
Abadiysan faqat sen ,
poksan .
tomirimga sevgi qo'ygan zot.

Men-chi
bandang-
dunyoda tolgan,
Goh qum,goh loylarga botdim ,
Ulkan boshoq ostida qolgan ,
chumoliman ....
yo'lni yo'qotdim .

Sarbon o'zing.
to'g'ri yo'l ko'rsat,
Hal qiluvchi palla-
shu fursat.
toki dilim bog'lab diningga,
omon yetib olay
Inimga.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 808 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Azon..........................
Tun....G'aflat uyqusi elitgan ko'zni ,
hilvatlarda uyulgan gunohdan hirmon .
shu payt zulmatning bag'rini so'kib ,
qalblarni uyg'otib jaranglar azon.

Yuksalar uyg'otar biloliy azon ,
o'shal hidoyatning hurriyat marshi
chorlab Tavhidga ,najot -qullikka
yo'llagay viqorla kufrga qarshi .

Haqiqiy Bilolim ,ey Bilollarim ,
sim -sim oqib sasing yurakka yetsin ,
tug'yoni isyongga mingan nafs shayton ,
o'shal yuraklardan abadiy ketsin.

yetar ,bitsin tamom ,kufr jaholat ,
kibrdan o'taylik qul a'moliga ,
zero ,azon ortidan sajda qilganlar
chorlanar azon -la haq dargohiga .

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 853 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

O'zingga yuzlandim.
Gohida onam ham bilmasa dardim,
Barcha menga boqsa beparvo-yu jim.
Sezdirmay yig'lasa armonli qalbim,
O'zingga yuzlandim,yaratgan Rabbim.

Bahorim keldi-yu gullayolmadim,
Quyoshim kuldi-yu nurga qonmadim.
Boshim toshga tegib,unsiz yig'ladim,
O'zinga yuzlandim,yaratgan Rabbim.

Bog'larimda undi na gul,na nihol,
Mehnatdan qomatim bukildi behol.
Yodga soldim Seni,tiklandim darhol,
O'zingga yuzlandim,yaratgan Rabbim!

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 860 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024