Sog`inch Sog`inch sochlari oqarib ketgan Ishonchning ko`ksiga toshlar yig`laydi Ishonchning qo`llari endi kesilgan Baxtimning boshini gumon silaydi Ruhimning yagona yopingan to`ni Vujudimni kuydirar ayovsiz gulxan Alanga, o`t chatnar, qolgan tanimni Azoblar anovmas, o`zga bir sitam Qo`llarim yetmagan olis yulduzlar Ko`ksimga bosh qo`yib aylarmish fig`on Tushim deb suvlarga aytilgan so`zlar Axir hammasi ham emaku yolg`on! Nahot quyosh umri shunchalar qisqa Nahotki, oyning yarmi ham zulmat Yo Rab! Bugun vafo dorga osilsa Sevgiga go`rgov qilar xiyonat Sevinchning suvrati sarg`ayib ketgan Kiprikka osilib yoshlar yig`laydi Tirnog`im ostida zindonband shayton Ruhimga hukmdor bo`lmoq istaydi
|