Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
Sevgi va Muhabbat orasida farq bormi?

Barcha javoblar: 596

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Chorshanba, 24.04.2024, 06:33
Главная » 2009 » Fevral » 17 » ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
15:56
ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
Bizning boshqa ko‘p ellardan bir farqimiz shuki, sizlab gaplashamiz. Boshqalar umrida endi ko‘rib turgan, buning ustiga yoshi katta odamga ham sensirab muomala qilsa, biz o‘zimizdan kichiklarga, hatto notanish yosh bolaga ham siz deb gapiramiz. Qonimizga singgan-da. Buning tarixiy sabablaridan biri shuki, o‘zbek elida ulug‘lar bisyor. Avvalo shuning uchun ham biz ularni sizlaymiz. Axir ro‘paradagi shu notanish odam ehtimol said yo to‘radir - kim biladi? Beklarning, xonlar, mir va mirzolarning, sho(h)larning avlodi ham oramizda bisyor. Qay bir bobosi bek o‘tgan, xon o‘tgan, sultonu amir bo‘lib, shoh bo‘lib o‘tgan kishilarning hurmatini joyiga qo‘ygimiz keladi. Ularning ajdodi Allohning yerdagi soyasi sanalgan. Shunday ekan, bu zotlarni hurmatlashni ham farz bilamiz.
Oilada yangi mehmon - farzand dunyoga kelsa, unga kitob ko‘rib ot tanlanadi, ya’ni Qur’onda keltirilgan ismlardan biri qo‘yiladi. Qur’on - Allohning so‘zi. Ismi sharifini Alloh taolo zikr etgan bola nechun aziz bo‘lmasin? Yana Olloqul, Xudoyberdi, Abdulqodir, Muhammadqul, Hojimurod kabi yuzlab ism egalari bor. Ularni hurmatlab, sizlab murojaat qilmaslik ham shakkoklik tuyiladi. O‘g‘illar ichida Boboqul, Otabek, Tog‘aymurod, Dadamirza..., qizlar orasida esa Onaxon, Momoqiz, Bibinorlar ham kam emas. Ba’zi olimlar bunday ismlarning kelib chiqishini oilaviy shajaraga bog‘lashadi. Chunonchi, birov o‘g‘liga otasi yo bobosining otini (Toshpo‘lat) qayta qo‘ydi, deyaylik. Ammo “hov Toshpo‘lat!”, deb chaqira olmaydi, bunday qilsa, marhum otasining ruhi ozor topadiganday tuyiladi, shuning uchun otasining ismida bo‘lgan o‘g‘liga “Ota!” (Otajon, Otabek) deb murojaat qiladi. Demak, Otabek degan ism zamirida shu odamning otasi nomi bor, “Enaxon” deydi, aslida esa bu farzandi arjumandning ismi shu kishilarning onasi yo buvisi bilan bir xil, qulog‘iga onasi yo buvisi singari Sora yo Halima... deb azon aytilgan. Shuning uchun ularga yumshoq gapiriladi, so‘kib haqoratlanmaydi.
Ayrim viloyat odamlari hatto o‘z bolalarini ham sizlaydi: “O‘g‘lim, siz shu ishni peshingacha bitirib qo‘ying” deydi, qizini-ku, qo‘yavering – “Ona qizim”, “Poshsha qizim” deb boshiga ko‘taradi. Negaki, bir xirmon bug‘doyning barakasi bitta donda bo‘ladi, shuning uchun har bir donani uvol qilmaslik kerak degan udumimiz bor. Shu singari, saidu to‘ralar yurti bo‘lgan bu el farzandlarida - aynan mana shu qizimiz yoki bu o‘g‘limizda payg‘ambarimiz ruhi pokining bir qatrasi qayta huvaydo bo‘lgan esa, ne ajab? Ezgu niyat bilan o‘g‘lingizga Qosimjon deb payg‘ambar o‘g‘li ismini, qizingizga Oyshaxon deya Oyisha onamiz otini qo‘ygansiz-ku?” Xullas, shu kabi talay sabablarga ko‘ra ham xalqimiz ko‘proq sen emas, siz deydi. “Sen boshla” deyish o‘rniga “o‘zlaridan bo‘lsin”, “anovi aytdi” emas, “u kishi aytdilar” kabi. Bir-birimizni ulug‘laymiz, izzat qilib boshga ko‘taramiz. Tanishlarga ehtirom-ku, o‘z-o‘zidan, ammo notanish bo‘lsa, hurmat izhori yana ortadi. Bir-birimiz bilan ko‘rishib qolsak, qo‘l ko‘ksimizda, bosh egib, ta’zim bajo etamiz. Qo‘shqo‘llab so‘rashib, kaftimizni yuzga surtamiz – bu, ba’zilar o‘ylaganday, duoi fotiha emas, tavofning erkaklarga xos shakli. Umuman, har bir kishiga inson deb qarash, uning odamligini ulug‘lash o‘zbekka ayricha ravishda xos. Bir qarashda “mayda” bo‘lib tuyilgan ana shunday xususiyatlar majmui o‘zbek xalqining mentalitetini hosil qiladi. Ularning qay biri kamaysa yo buzilsa o‘zbekning fitrati fatorat topa boradi. Shuning uchun ham el o‘z udumlarini, urf-odatlarini avvaylab asraydi, aziz tutadi, irimlar chiqarib bo‘lsa ham, yanglishganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytaradi, maqol-matallar, naqlu ertaklar to‘qiydi, dostonlar aytadi, yumshoqqina qilib (buyam o‘zbekka xos-da), dakki beradi. Eng qadimgi dostonimiz qahramoni Alpomish musofir yurtda birov uning qadriga yetmagan chog‘da “har kim o‘z elida bekmi, to‘rami” degani ham o‘zgalarga dashnom-ku, aslida...
Oddiy bir misol. Metroga tushsangiz, har bir vagon eshigiga “Iltimos, suyanmangiz” degan muloyim kalom bitilganini ko‘rasiz. Ostidagi “Ne prislonyatsya” degan taqiq esa taqillab ko‘zga uriladi. Shuginaning o‘zi ikki xil dunyoqarash, ikki xil mentalitet farqini ayon ko‘rsatib turibdi. Bu daromadi gaplardan muddao nima ekan, dersiz. Alpomish bobomiz aytganiday, loaqal o‘z elimizda bek bo‘laylik, to‘ra bo‘laylik, bir-birimizni “moda” uchun sensirashib yurmaylik, bunisi endi shart emas, demoqchimiz. Boshqa xalq vakillari otasi yo bobosi tengi, buning ustiga notanish odamni ham sensirab, qolmishiga so‘kinib gaplashsa, bu ularning ishi, boringki, milliy xususiyati ham bo‘la qolsin. Ammo nega bizlar - qadim va ulug‘ o‘zbek xalqining vakillari, ko‘p ming yillik madaniyatu ma’naviyat vorislari bo‘laturib, o‘zaro muomalani boshqalardan o‘rganishimiz, ularga taassub qilishimiz kerak ekan? Koshkiydi, bu ibrat biznikidan madaniyroq, chiroyliroq bo‘lsa! ...Sochi bo‘yniga chulg‘angan bir qizgina (keyin ma’lum bo‘ldiki, yigit ekan) noz uyquda. Soat qo‘ng‘irog‘i chalinadi. U apil-tapil o‘rnidan turib, yuzini ham yuvmay ko‘chaga otiladi-da, allaqaysi muyilishga borib, soatiga qarab birovni kuta boshlaydi. Bir mahal nima uchundir velosipedini minish o‘rniga orqalab olgan yana birovi shu yerga kelib qoladi. - Hamma qaerda? – deb so‘raydi chilvirsoch yigit (Na salomu na alik!). - “F1”da! - deydi unisi va allanima esiga tushganday, velosiped hamon yelkasida, chopqillab orqasiga qaytadi. Tavba, u nima dediyu bunisi nima deb javob qaytardi, tushungan kishi bo‘lsa - aytsin.
O‘zbek tilida birov boshqa odamdan “falonchi qani” yo “boshqalar qaerda” deb so‘rashi mumkin, ammo “hamma qaerda” deyish mumkin emas, o‘zbek bunaqa deb gapirmaydi. So‘zi o‘zbekcha bo‘lsa-da, o‘zi o‘zbekcha emas bu ifodaning. Avvalida “F1” o‘zi nima – shuni tushunolmay hayron qoldik. Keyin ma’lum bo‘ldiki, qimorning “svejiy”si chiqipti. Farqi – bu “ishonchli o‘yin” ekan. Uyida o‘zbekcha gaplashmaydigan madaniylardan biri chiqib, “F1” - ishonchli o‘yin! Sen ham ishtirok et!” deb qistalang qiladi. Hov uka, ehtimolki mening yoshim sening otang qatori bo‘lsa. Nega meni sensirayapsan? Televizor qarshisida katta buvangu katta buving tengilar ham o‘tiribdi... va umuman, odamlarni sensirash qaysi quyushqonga sig‘adi o‘zi? Lotoreya chiqarib - qimor uyushtirib boyimoqchi ekansan, nimayam derdik, hozircha shundoq bo‘lib turibdi, ammo nega endi hammani bepisand sensiraysan, kim senga bunchalik axloqsizlikka izn berib qo‘ydi?.. Yana turib-turib o‘zingga tasalli berasan kishi - ha endi, bir xato o‘tsa-o‘tibdi-da, qo‘yaver, seni qizishtirgan narsalarning qay biri o‘nglanib, qaysi biri tuzalar edi, deysan
Категория: HAYOTIY MASLAHAT | Просмотров: 1481 | Добавил: | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024