Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
Saytimiz yana qaytadan to'liq ishga tushganidan hursandmisiz?
Barcha javoblar: 299

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Juma, 26.04.2024, 02:46
Главная » 2009 » Fevral » 17 » ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
16:00
ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
Iymon – g’am-qayg’uni ketkazuvchi, iymon – Ollohni yolg’iz deguvchilarning shodligi, obidlarning tasallisidir. O’tgan narsa o’tib ketdi, o’tmish nihoyasiga yetdi, u haqda o’ylama. Bitilgan qazoyi qadarga, taqsimlangan rizq-ro’zga rozi bo’l, xavotirni tark qil. Ogoh bo’l! Ollohni zikr qilish bilan qalblar orom olib, gunohlar kamayar. G’ayblarni bilguvchi Zot rozi bo’lsa, g’am-qayg’u chekinar.

Birovdan rahmat kutma, barcha hojatlar Undan so’ralguvchi. Hech kimga muhtoj bo’lmagan mangu tirik Zotning savobi senga kifoya. Nonko’r, hasadgo’yning adovati esa senga ziyon qilmas. Tong otgach, tunni kutma, buguning uchun yashab, buguning uchun g’am chek, ertang uchun g’am chekma. Chunki bugunning islohi ertaning islohidir. Qalbingni hasad-adovatdan pok tut, qalbingda nafrat, jirkanishni chiqarib tashla. O’zingni yaxshi odamlarga yaqin tut. Uyingdagi ishlarga mashg’ul bo’l, odamlarga kamroq aralash.

Kitob eng yaxshi do’st, kitoblar bilan hamsuhbat bo’l. Ilmni do’st tut, ma’rifatga hamroh bo’l. Koinot tartib-intizomdan iborat. Uy-joy, kiyim-kechak bilan bog’liq majburiyatlaringda tartibga rioya qil. Badantarbiya bilan shug;ullan, dangasalik, maqsadsiz hayot kechirishdan uzoq bo’l hamda bekorchilik, ishsizlikka nuqta qo’y.

Tarixni o’qi, undagi hodisalar haqida fikr yurit, xulosalar qil. Hayotingni yangila, yashash uslublarini o’zgartir, xurofiy odatlardan kech. Badbinlik, omadsizlik va ma’yuslikni targ’ib qiladigan kitoblarni o’qima. Parvardigoringning mag’firat daryosi keng ekanini, bandalarini afv etib, tavbalarini qabul qilishini, yomonliklarni yaxshilikka o’zgartirishga qodir Zot ekanini esla…

Qur’on bilan yasha, uni yod ol, tilovat qil, tingla, fikr et. Chunki Qur’;on barcha g’am-qayg’ularning eng yaxshi davosidir. Olloh taologa tavakkul qil, ishlarni Unga topshir, Uning hukmiga rozi bo’l, Unga murojaat qil, Ungagina ishon.

Senga zulm qilganni kechir, sendan uzilganga bog’lan, ehson qil, zolimlarga halim bo’l, osuda hayot kechirasan. Kelajakka ishonch bilan qara, noumid bo’lma. Olloh istiyorida ekaningdan xursand bo’l, chunki sen g’am-alam yoki shod-xurramlikning qaysi biri senga foyda ekanini bilmaysan. Balo-ofat seni Olloh taologa yaqinlashtiradi, duoni o’rgatadi, sendan kibr, manmanlik va faxr tuy’gularini ketkazadi.

Gumon-shubhalardan, buzuq fikr-xayollardan uzoq bo’l. Dunyo g’am-anduh, tashvish va xavotir hovlisidir. Olloh taolo senga yetgan g’am-anduh, ochlik, faqirlik, kasallik, musibatlarning barchasiga ajr-mukofot beradi. Musibat ko’zlarni ochib, qalbni uyg’otadi, nafsni tiyadi, qullikni eslatib, savobni oshiradi. Falokatni kutma, mish-mishlarga ishonma, uydirmalarga taslim bo’lma
Категория: HAYOTIY MASLAHAT | Просмотров: 1221 | Добавил: | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024