Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
SAYTIMIZDAGI O'ZGARISHLAR YOQDIMI?
Barcha javoblar: 386

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Shanba, 20.04.2024, 01:53
Главная » 2009 » Fevral » 17 » ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
15:13
ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
Ajabo, bir necha daqiqa masjidda naqadar uzoq-u, navbatdagi serial qarshisida naqadar oz.
- Ajabo, qo’lingdagi ming so’m masjidga naqadar ko’p-u, bozorga naqadar oz.
- Ajabo, duoda so’zlar naqadar topilmaydi-yu, g’iybatda shu qadar quyilib keladi.
- Ajabo, agar futbolda qo’shimcha vaqtga o’tadigan bo’lsa, naqadar hayajonlanib turamiz-u, Ramazondagi qo’shimcha namozdan uzoq deb noliymiz.
- Ajabo, odamlarga juma ma’ruzasini esda saqlab, boshqalarga etkazish naqadar og’ir-u, ig’voyu mish – mishlarni tashib yurish naqadar engil.
- Ajabo, bo’lar – bo’lmas mish mishlarga, cho’pchaklarga ishonamiz – u, Parvardigorning haq so’ziga shubha qilamiz.
- Ajabo, sevimli ko’rsatuv oldidan tayyorlanib, har qancha kutamiz-u, namoz vaqti deyarli o’tib ketsa ham, unga hech qancha tayyorgarlik ko’rmaymiz.
- Ajabo, serial qahramonlarini naqadar sevib, ularni kuyib – pishib muhokama qilamiz-u, masjidda yonimizda turgan namozhonni tanimaymiz.
- Ajabo, har kim jannatga kirishni har qancha tama’ qiladi-yu, buning uchun bir nima qilish, gapirish yoki ishonish kerakligini qancha o’ylamaydi.
- Ajabo! – O’zimizni to’g’ri yo’ldamiz deb bonglar uramiz-u, aslida to’g’ri yo’ldagilarga tosh otamiz!!!
- Ajabo! – Din uchun biron narsa qilmadigu, lekin tinmayin dinga hizmat qilayotganlarga tosh otamiz!!!
- Ajabo! – Ilmimiz hech vale, ulamolar go’shtini eymiz!!!
- Ajabo! – Jannatning kalitini qo’lga kiritdik-mi, yo, eng to’g’ri yo’lda ekanimiz haqida vasiha oldikmi, va yohud Allohning rahmatini taqsimlovchilarga aylandikmi-ki, odamlarni anavi adashgan, manavi zalolatda deya sinflarga ajratishga tushdik?!.. Ajabo, buning o’rniga o’z nafsimiz bilan shug’ullansak bo’masmidi?!..
- Salaflarga ergashamiz deya olamni buzayotganimizda beshak tillarimiz yolg’on so’zladi. Salaflar bizdan bezorlar. Biz bu pok nomga hali beri loyiq emasmiz…Chunki biz ular bilan faqatgina eshakning kuchi halolu, go’shti harom qabilida muomala qilmoqdamiz halos…
- Ey, mangina to’g’ri yo’ldaman deya bong urayotgan bechora!.. Ko’zingni och!.. Dushmaning qolib do’stinnga tosh otma!.. Ahmadu Nu’mondek salaflaringni esla!.. Ibrat ol!.. Payg’ambarning ashobi hayotiga nazar sol, undan keyin o’zingga bir bora nazar sol, so’ngra yana bir bora ko’zlaringni o’zingga qaytar! Ko’zlaring noumid bo’lib o’zingga qaytmasin!..
- Ilmni chuqurroq egalla!.. Kecha chiqqan, adolatini shubha bo’lgan mutaolimlar og’zidan chiqayotgan safsata-yu ig’volar karnayiga aylanib qolishdan ehtiyot bo’l!.. Salaflarga ergashaman desang kam gapirib ko’proq ilm ol. Ularni odobidan namuna ol. Taqvosidan bahra ol. Qalbingni ihlos suvi ila polka. Aks holda, bechoraligingcha qolib ketasan…
- Senga ne bo’ldi-ki tiling zahridan, qiliching qahridan, nayzang saxmidan faqatgina musulmon birodarlaringgina ozor topmoqda?!..
- O’zing ersan-u, osmonni qoralaysan!!! Hali o’zing qiyomatda qanday muomala ko’rishingni bilmaysan, gunohlaringga yig’lamaysan, biroq, gunoh ustiga gunohni shodlik ila orttirasan… Ulamolar qabriga g’isht tahlaysan, va buni risolat mohiyati deb o’ylaysan…
Категория: HAYOTIY MASLAHAT | Просмотров: 1076 | Добавил: | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024