Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
Qiz va Yigit do'st bo'la oladimi?

Barcha javoblar: 860

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Shanba, 20.04.2024, 06:46
Главная » 2009 » Mart » 19 » Qalb isyoni ....yoxud ko`ngil bilan suhbat ...
07:01
Qalb isyoni ....yoxud ko`ngil bilan suhbat ...
                                             Qalb isyoni ....yoxud ko`ngil bilan suhbat ...

Tun… Mening motamsaro qalbim yanglig` qop-qora, zulmat libosini kiygan va lek tinch, osuda oqshom.
Tun… Bu kecha ham ko`zlarda uyqu yo`q. Kipriklar bir-birini sog`inch bilan eslaydi, bir-birlarini shirin quchmoqlikni intiq bo`lib kutadi… biroq uyqu shahzodasi bu oqshom yana qorachiq va mujgonlar huzuriga kelishidan bosh tortadi.
Yurak bezovta, dil xavotirda. Ko`ngil…yana notinchsan. Sen-da bedor, menga-da orom yo`q.
Ko`ngil… nega buncha noziksan, erkam? Nechun? Nega o`zga qalblar kabi diydang tosh emas. Agar shunday bo`lganingda senga ham, menga ham bunchalik qiyin bo`lmasmidi?
Atirgulni gullar malikasi, deyishadi. Sen o`sha malakning harir va nafis libosidan ham nozikmisan, ey DIL?! Men- KO`NGILman. Hamisha notinch qalbman. Men pokiza tuyg`ular maskani, sevinchning qotib qolfan sho`lasiman. Jamiki mavjudotlar ichra eng aqlli, shuning bilan birga eng yovuz INSON deb atalmish zoti oliylaridan cheksiz nafratdaman. Ular meni qiynaydilar. Tuyg`ularimga o`t qo`yadilar. Meni o`z sochimga osmoqchi bo`ladilar. Yanglishadilar. Meni o`z qo`llarim bilan bo`g`ib o`ldirmoqchi bo`ladilar. Xato qiladilar.
Mening sohibam! Sendan uyalaman, o`zga ko`ngillardan nozikroq bo`lganligim uchun. Meni avf et, azizam! Sen esa yonib yasha. Munavvar kunlar kelishiga ishon. Hayotda umid o`yini tikla. Poydevori mustahkam qal`a har qanday bo`ron va toshqinlarga bardosh bergusi. Azob farishtasining sochlarini yul: toki seni ortiq qiynamasin. Ruhiy iztiroblar qasrini qulat va bu maskanni tark et! Olam…yop-yorug`…Qara…Tong otmoqda. Sutday oq tongni ikkimiz bedor qarshiladik.
…Men…Ko`ngilman. Billurday tiniq, tonggi shabnamman. Aziz sohibam! Sen quyosh bo`l! Sabot va bardoshing bilan turmushning chigal kishanlarini uz, ulardan xolos bo`l! Nurli toqating bilan meni o`zingga band et!
Men KO`NGILman. Sen esa mening pandlarimga KO`NGIL va o`zingni niyating oppoq gullariga, murodbaxsh tuyg`ulariga ko`mgil.
-KO`NGIL! Taskin top, tinchlan. Nasihatlaringga amal qilishga intilaman. Ko`ksimda sen hokim ekansan, boshqacha bo`lishi mumkin ham emas. Meni to`g`ri yo`lga boshla, meni tushun, menga ishon.
-KO`NGLIM!!! Musaffo tongni qarshi ol! Pokligi uchun unga sajda qil! Yangi tong muborak, ey, bedor DIL!!! Yangi kun muborak, ey, qutlug` INSON!!!

Muhayyo Ahmedova

Категория: MONOLOG | Просмотров: 2309 | Добавил: Elyor | Рейтинг: 1.5/2
Всего комментариев: 1
31.01.2010
1. farxod {+998925166606} [Материал]
taqdir sizga uchratib
boshim qoldi baloga
mani sevsin deb xar kun
yolvoraman xudoga
bir utli nigohingiz
qalbim etdi ming pora
tiz chukaman bosh egib
sevib qolsangiz zora
o'qishku tegdi jonga
fakultet misli zindon
bilganingizda edi
nimadir asli hijron
bir bora mening urnimda
kursangiz o'zingizni
so'nra sevmasangiz xam
farishta derdim sizni

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024