Nasriddin tabibning huzuriga kelib, tomirini ko''rib qo''yishini iltimos qildi-da, qo''shib qo''ydi: - Keyin qanday kasalim borligini ayting. - Siz bor-yo''g''i ochsiz, dedi tabib, hozir tushki ovqat payti, mening mehmonim bo''ling. Ular birgalikda ovqatlanib bo''lishgach, Nasriddin uyiga keta turib, tabibga dedi: - Sizning qo''lingiz judayam yengil ekan, meni bir pasda tuzatib qo''ydingiz. Uyimda yana bir necha kishi xuddi shunday kasallik bilan og''rigan. Ularni ham sizning oldingizga yuboraman