Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
Sayt faoliyatini davom ettirish kerakmi?
Barcha javoblar: 437

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Juma, 29.03.2024, 02:49
Главная » 2012 » Mart » 8 » O‘zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigi
13:13
O‘zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigi
Muhtarama onaxonlar!

Qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim!

Go‘zal diyorimizga barchamiz sog‘inib kutgan bahor nafasi kirib kelayotgan mana shu nurafshon kunlarda siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan qizg‘in tabriklab, sizlarga o‘zimning samimiy tuyg‘u va tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman. 

Barchamizga ayonki, onalarni, ayol zotini e’zozlash el-yurtimiz uchun azal-azaldan ezgu qadriyat bo‘lib kelgan. Buning tasdig‘ini tariximizda, hayotimizda, mumtoz adabiyotimizda ko‘plab misollarda yaqqol ko‘rish, kuzatish mumkin.

Bu haqda so‘z yuritar ekanmiz, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning "Ayollar – farishtalarning opa-singillaridir” degan so‘zlari zamirida naqadar chuqur hayotiy falsafa mujassam ekanini anglash qiyin emas, deb o‘ylayman. 

Biz mehr-muhabbat va odamiylikning ilk saboqlarini aziz onalarimizdan, ularning beshigimiz uzra parvona bo‘lib aytgan alla ohanglaridan olamiz. Qalbimizda neki olijanob tuyg‘ular bo‘lsa, ularning barchasi avvalo onalarimizdandir. Dunyoda muqaddas degan so‘zga eng munosib zot ham – Onadir. Shu bois toki hayot bor ekan, inson mo‘tabar Ona siymosi oldida doimo bosh egib, ta’zim qiladi. 

Shu fursatdan foydalanib, barchamizning ko‘nglimizda, dilimizda bo‘lgan bir fikrni ta’kidlash joiz, deb bilaman. 

Biz sizlarni – mehribon va munis ayollarimizni hamisha fidoiylik, vafo va sadoqat, nafosat va latofat timsoli sifatida ulug‘lab kelamiz va umrbod sizlardan minnatdor bo‘lib yashaymiz, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 

Aziz opa-singillar!

Sizlarga yaxshi ma’lumki, men o‘zimning chiqishlarimda, amaliy ishlarimda xotin-qizlarni ulug‘lash, ularning hayotimizdagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish masalasiga juda katta e’tibor berib kelaman. Ona diyorimizda yashayotgan barcha ayollarni dunyodagi eng go‘zal va mehribon ayollar deb, Yaratganning tengsiz mo‘jizasi, deb, doimo chin qalbdan, yurakdan bildiradigan samimiy so‘zlarimni yurtimiz o‘g‘lonlarining fikri sifatida, ayol zotiga bo‘lgan hurmat-ehtirom va sevgi izhori sifatida qabul qilishingizni istardim.

Mustaqil taraqqiyot yo‘lida boshimizga og‘ir sinov va qiyinchiliklar tushgan mashaqqatli davrda aynan siz, ayollarning mehnatkashlik va shukronalik, chidam va sabr-bardosh kabi yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etib, el-yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizda mehr-oqibat va ahillik muhitini saqlash va mustahkamlashda, bugungi mana shunday yorug‘ kunlarga, butun dunyo tan olayotgan marralarga yetib kelishda siz, azizlarning beqiyos hissangiz borligini men hech qachon unutmayman va bu haqda doimo minnatdorlik bilan takror va takror gapirishga tayyorman.

Mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan yuksak hurmat-e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy isboti sifatida keyingi yillarda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi roli va ta’sirini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan 80 dan ortiq milliy va xalqaro hujjatlar qabul qilinganini alohida qayd etish lozim.

Shular qatorida Oila, Ayollar, Sog‘lom avlod, Ona va bola, Obod mahalla, Sihat-salomatlik, Barkamol avlod yillari munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturlari, ko‘plab farmon va qarorlar ayni shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Ana shunday harakatlarimizning yaqqol ifodasini hozirgi vaqtda qishloq va shaharlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgarib, yurtimiz, Vatanimiz tobora chiroy ochib, bozor va do‘konlarimiz, dasturxonlarimiz to‘kin-sochin bo‘lib borayotganida, aytish kerakki, ayollarimiz o‘zlarining nozik yelkalarida ko‘tarib kelayotgan kundalik tashvishlarni yengil qilish borasidagi ishlarimizda, bir so‘z bilan aytganda, xalqimizning hayot farovonligi, turmush madaniyati yuksalayotganida ko‘rish mumkin va bularning barchasi shu zaminda yashayotgan har bir insonga mamnuniyat bag‘ishlaydi. 

Bugungi kunda xotin-qizlarning siyosiy-ijtimoiy faolligini oshirish, ularning hokimiyat va boshqaruv idoralari, vakillik organlari faoliyatida, tadbirkorlik va fermerlik sohasida munosib ishtirok etishini ta’minlash, o‘z qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida olib borayotgan keng ko‘lamli ishlarimiz tobora kuchayib, o‘z hosili va samarasini berayotgani ayniqsa e’tiborlidir. 

Yurtimizdagi har qaysi ota-ona, butun xalqimizning ezgu orzusi bo‘lmish har tomonlama sog‘lom naslni voyaga yetkazishda "Sog‘lom ona – sog‘lom bola” dasturi doirasida barcha hududlarimizda perinatal va skrining markazlari, minglab qishloq vrachlik punktlari tashkil etilgani, ixtisoslashtirilgan shifoxonalar hamda shoshilinch tibbiy yordam xizmatidan iborat zamonaviy tizim yaratilgani aholimizning, birinchi navbatda ayollarimizning salomatligini asrash va mustahkamlash yo‘lida qo‘yilgan tarixiy qadam bo‘ldi.

Bu haqda gapirganda, mustaqillik yillarida onalar va bolalar o‘limi 3 marta kamaygani, ayollarning o‘rtacha yoshi 67 yoshdan 75 yoshga ko‘tarilgani, hech shubhasiz, aynan ana shunday amaliy harakatlarimizning samarasi, desak, xato bo‘lmaydi.

Keyingi paytda mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanlarda sog‘liqni saqlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ta’lim-tarbiya sohalarida biz qo‘lga kiritayotgan ulkan natijalar dunyodagi ko‘zga ko‘ringan olim va mutaxassislar, nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanib, ibrat sifatida e’tirof etilgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta. Biz erishgan bunday yutuqlar negizida avvalambor siz, jonkuyar va fidoiy opa-singillarimizning bilim va tajribasi, mashaqqatli mehnati mujassam ekanini barchamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

Hurmatli vatandoshlar!

Har qanday jamiyatning farovonligi va ma’naviy sog‘lomligining asosiy mezoni avvalo oilaning ahilligi, oilaning mustahkamligida namoyon bo‘ladi.

Shu ma’noda, 2012 yilning yurtimizda "Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinishi "Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqaror” degan insonparvar tamoyilni hayotimizda qaror toptirishda, hech shubhasiz, yangi, yuksak bir bosqich bo‘ladi. 

Hammamizga ma’lumki, yaqinda biz bu borada keng miqyosdagi amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan davlat dasturini tasdiqladik. Ushbu dastur ijrosini ta’minlash uchun 1 trillion 500 milliard so‘mga yaqin va 114 million dollar miqdoridagi keng ko‘lamli mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda. 

Bu ishlarni amalga oshirishda davlat va nodavlat tashkilotlari, jamoatchiligimiz, butun xalqimizning faol ishtiroki talab etilishini barchamiz yaxshi tushunamiz. Ayni vaqtda shuni alohida ta’kidlash kerakki, oilani haqiqatan ham mustahkam oila qilish, uni tom ma’noda jamiyatimizning hal qiluvchi bo‘g‘iniga aylantirishda xonadonlarimizning chirog‘i, ko‘rki va fayzi bo‘lgan siz, hurmatli ayollarning o‘rni va ta’sirini hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydi va bu vazifalarni ado etishda men sizlarga, sizlarning ulkan salohiyatingizga ishonaman.

Muhtaram yurtdoshlar!

Biz mustaqil taraqqiyot yillarida – tarixan qisqa bir davrda beqiyos yutuq va marralarga erishdik. Biz qo‘lga kiritgan yuksak natijalarni dunyo tan oldi. Eng muhimi – yurtimizda tinchlik-osoyishtalik hukm surmoqda, iqtisodiyotimiz barqaror o‘sish sur’atlari bilan rivojlanib bormoqda. 

Biz o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli ulkan maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash vazifasi barchamizdan birdamlikni, bir yoqadan bosh chiqarib, o‘zimizni ayamasdan, astoydil mehnat qilishni talab etadi va bu borada men olijanob, bag‘rikeng xalqimizni, siz, muhtarama ayollarimizni bundan buyon ham o‘zimning eng yaqin maslakdoshim, tayanchim va suyanchim, deb bilaman.

Qadrli opa-singillar!

Sizlarni bahor elchisi bo‘lgan, o‘zingizdek go‘zal va dilbar bayramingiz bilan yana bir bor tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Farzandlaringiz va yaqinlaringiz, elu yurtimiz baxtiga hamisha omon bo‘ling, azizlarim, mehribonlarim!

Islom Karimov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


 Manbaa: www.uza.uz sayti
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 2731 | Добавил: sherlar | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024