Zevs to‘y qilayotgan edi. Hamma hayvonlar topganlarini unga sovg‘a qilib keltirishdi. Ilon ham gul tishlagan ko‘yi sudralib keldi. Zevs ilonni ko‘rib shunday dedi: «Men boshqalarning sovg‘asini qabul qilaman. Ammo sening tishingdagi tuhfani olmayman». Masaldan xulosa shuki, yomon odamlarning yaxshili-gida ham xatar bor.