Sendan yiroq ketdim ko’ngil uzulmaydi
Muhabbatim imorati buzilmaydi
Buni kimdir bildi, kimdir bilmadi
Armon bo’lgan asl yorim yodimdasan
Parvonadir ne-ne oshiqlar yo’limda
Bahtim bo’lib yurgaydir shirin yuzlar
Lekin yurak hamon seni izlar
Armon bo’lgan asl yorim yodimdasan
Ming so’qmoqqa yetaklaydi ishqning zayli
Bizdan ortiq emas ekan Majnun - u Layli
Hofiz bo’lib ketdim mana sen tufayli
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan
Endi qayta uchrashmaymiz alvido yor
Yuragimni eng tubida bir nido bor
U dunyoda uchrashtirsin parvardigor
Armon bo’lgan asl yorim yodimdasan