Siz menga keraksiz quvonganimda, Quvonchim beg`ubor bo`lishi uchun. Keraksiz azizam men yonganimda, Falak ham barobor yonishi uchun. Siz menga keraksiz qiynalganimda, Barcha qiyinchiliklarni yengishim uchun. Keraksiz o`rtanib yig`laganimda, Ko`z yoshimni majburan tiyishim uchun. Siz menga keraksiz ko`zda yosh bilan, Dardlarimni yengib kulishim uchun. Keraksiz hamisha chin bardosh bilan, Dunyoda tinch yashab yurishim uchun!