Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
SAYTIMIZDAGI O'ZGARISHLAR YOQDIMI?
Barcha javoblar: 386

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Dushanba, 29.04.2024, 12:43
Главная » 2008 » Noyabr » 16 » LATIFALAR
21:11
LATIFALAR
 Rost bo'lsa

Ma'ruzachi shunday dedi:
- Azizlarim, hayajonlanmaslikka, asabiylashmaslik-ka, o'z kayfiyatingizni buzmaslikka harakat qiling. Er-xotin o'rtasidagi besh daqiqalik janjal umrni bir haftaga qisqartiradi... .
- Agar bu gap chindanam rost bo'lsa, dedi Nasriddin yonida o'tirgan kishining qulog'iga shivirlab, men bu yerga to'ppa-to'g'ri narigi dunyodan kelib qolgan ekanman-da.


Eng muhimi tekinga...
Pulga o'chligi bilan mashhur bo'lgan taniqli vrachni uchratib qolgan Nasriddin qiziqsinib undan so'radi:
- Do'xtir, masalan, aytaylik, sizning o'zingiz shamollab qoldingiz deyaylik, xo'sh, unda qanday davolanasiz?
Vrach qanday davolanishini ipidan-ignasigacha gapirib berdi.
- Yaxshi maslahatingiz uchun sizga katta rahmat, minnatdorchilik bildirdi Nasriddin. Eng muximi, yana tekinga-ya...


Tushunarsiz hol
- Mening xotinimni yaxshilab bir ko'rib quysangiz, deya iltimos qildi Nasriddin shifokordan, - Unda qandaydir g'alati odatlar paydo bo'lib qoldi.
- Xo'sh... Masalan, qanday odatlar?
- Bilasizmi, tushuntira boshladi xotiniga mehribon bo'lgan Nasriddin, ilgari u chakagi chakagiga tegmay javragani-javragan edi, men ham bunga ko'nikib qolgan edim. Endi esa gapiradi, gapiradi-da, birdan jim bo'lib qoladi. Buning sababi nimada?


Menga qolgani shu ekan...
Nasridinning qulog'i og'rib, shishib ketdi. Uning nashtardek tiliga ko'p marta duchor bo'lgan qo'shnisi buni ko'rib qolib, istehzo bilan dedi:
- Voy-bo'... Mulla Nasriddin, bunaqangi antiqa eshak quloqni qayerdan topdingiz?
- E-e, so'ramang, qo'shnijon, dedi unga javoban Nasriddin, Eshakning miyasini siz yeb qo'ygan ekansiz, menga faqat qulog'i qolibdi...


Zaruriy shart...
- Doktor, dedi kulimsiragancha Nasriddin, -nimaga menga tilingni chiqargin, dedingiz-u, o'zingiz unga qiyo ham qarab qo'ymadingiz?
- Resept yozib bergunimcha bir past jim turishingizni xohlagandim, dedi vrach ham kulimsiragancha.


Davosi oson...
Nasriddinning xotini to'lg'oq tutardi-yu, lekin u hech tug'a olmasdi.
- Buning davosi oson, dedi Nasriddin. Bir lahzada topib kelaman buni.
Shunday deb, u uydan yugurib chiqib ketdi-da, bir hovuch yong'oq sotib olib kelib, xotinining yonida g'amga botib o'tirgan qarindoshlariga tutqazib, dedi:
- Buni xotinimning oyoq tomoniga qo'yib qo'yinglar. Bola yong'oqni ko'rishi bilan o'zi yugurgilab chiqadi.


Topishmoq...
Bir kishi Nasriddinga dedi:
- Eshitishimga qaraganda, xotiningiz aqldan ajrabdi.
Nasriddin unga javob qaytarmay, chuqur o'yga cho'mdi.
- Nimani o'ylab qoldingiz? sabri chidamay so'radi boyagi kishi.
- O'ylaymay bo'ladimi, dedi Nasriddin. Xotinim tug'ilganda o'zi aqlsiz bo'lib tug'ilgan, shunday bo'lgach, qanday qilib aqldan ajrashi mumkin. Mana shuni o'ylayapman.


Endi hojati yo'q.
Nasriddinning xotinini yuragi birdan xuruj qilib qoldi. Nasriddin tashvishlanib tabibni chaqirib kelgani yo'l oldi. U eshikdan chiqqan ham ediki, xuruj o'tib ketdi. Zaifa darrov deraza yoniga yugurib keldi-da, zing'illagancha ketayotgan Nasriddinning orqasidan baqirdi:
- Yaxshi bo'lib qoldim. Tabibni chaqirmay qo'ya qoling.
Nasriddin uning gapini eshitdi-yu, bari bir tabibning uyiga borib, uni chaqirdi. Tabib uning oldiga chiqqach esa, shunday dedi:
- Xotimning yuragi xuruj qilib qolgandi. Sizni chaqirgani kelayotgandim, birdan u derazadan: "Yaxshi bo'lib qoldim, tabibni chaqirmay qo'ya qoling", deb baqirib qoldi. Endi sizning borishingizning hojati yo'q, shuni aytgani kelgandim.


Muddat tugadi...
- A-ha, qo'lga tushdingmi? - dedi Nasriddinning do'stlaridan biri. - Pivo ichayapsan! O'zing aytganding, pivo ichishni doktor taqiqladi, deb. Demak, sen byulletenni bir necha kunga cho'zmoqchisan!
- Taqiqlagani to'g'ri. Lekin byulletenni cho'zish to'g'risidagi gaping noto'g'ri. Bundan tashqari, doktor menga ichishni taqiqgandan keyin ko'p o'tmay qazo qildi. Xo'sh, u o'lgandan keyin ham buyrug'iga bo'ysunishim kerakmi?...


Yoqib qoldi...
Nasriddin tabibning huzuriga kelib, tomirini ko'rib qo'yishini iltimos qildi-da, qo'shib qo'ydi:
- Keyin qanday kasalim borligini ayting.
- Siz bor-yo'g'i ochsiz, dedi tabib, hozir tushki ovqat payti, mening mehmonim bo'ling.
Ular birgalikda ovqatlanib bo'lishgach, Nasriddin uyiga keta turib, tabibga dedi:
- Sizning qo'lingiz judayam yengil ekan, meni bir pasda tuzatib qo'ydingiz. Uyimda yana bir necha kishi xuddi shunday kasallik bilan og'rigan.
Ularni ham sizning oldingizga yuboraman.


Ikki o'g'ri tilla buyumlar do'konini o'rganib chiqishyapti:

- Qara, mana bu olmosga qancha berishlari mumkin?

- Bu sudyaga bog'liq.


- Xo'jayin, mening xotinim sizdan ish haqimni oshirishingizni iltimos qilishim kerakligini aytgan edi. Shunga...

- Yaxshi, yaxshi. Bu haqda xotinim bilan maslahatlashib ko'raychi.


- Doktor, o'tinaman sizdan, erimning so'nggi so'zlarini aytib bering.

- Marhum shunday dedi: Marta, Doktorning haqini kechiktirmasdan to'la, u juda g'amxo'r va e'tiborli ekan.


- Afsuski, siz yangi p'esamning taqdimotida bo'lmadingiz... Kassaning oldida shunaqangi ur-yiqit bo'ldi-ki, qo'yaverasiz...

- Nahotki? Odamlar pulini qaytarib olishga muvaffaq bo'lishdimi?


Yangi kelin kuyovdan so'radi:
-Meni Romeo Julyettani sevganday seva olasizmi?
-Bilmadim, o'qimaganman.
-Meni Otello Dezdemonani rashk qilganday rash qilarmidingiz?
-Bilmadim, o'qimaganman.
-Voy, nima o'qigansiz o'zi???
-Mumuni...


-Nima uchun barcha Amerika filmlariga albatta negr aralashishi kerak?
-Ularsiz film rangli chiqmaydi-da...


Uy bekalari diqqatiga!

Koka-kola idishlarining o'nta qopqog'ini, o'n beshta tamaki qutisini, shokolad o'ramalarini, bo'sh plastik stakanlarni to'plang va axlatxonaga topshiring! Super yutuq sizniki bo'ladi!


Siz nega lavlagi o'g'irladingiz?

- Nimalar deyapsiz? Men uni tezroq o ssin deb tepaga tortayotgandim, xolos.


Tank ostida uyg ongan chumoli og zidagi qumlarni tuflab tashlagach dedi:

- Uf-f, mastlikda nimalarni uyga tashimaydi-ya odam.


- Sizga nima keltiray? Aroqmi, spirtmi?

- Voy-vo-yey, nima deyishniyam bilmay qoldim. Ikkalasiyam bir-biridan shu qadar shirin-ki


Xotin eridan so radi:

- Nega har kuni barga qatnaysiz-a?

- U yerda yaxshi skripkachi kuy chaladi.

- Kontsertga boring, u yerda ham yaxshi skripkachilar ko p-ku!

- Kontsertda pivo quyishmaydi-da!


Sudya xotini bilan ajrashayotgan quyondan so radi:

- Nega ajrashyapsiz?

- U g ilay.

- G ilayligini uylanganizda payqamaganmidiz?

- Men unda ko z suzayapti shekilli deb o ylagandim.


Ikki maxbus gaplashishyapti:

- Seni nima uchun qamashdi?

- Bekordan-bekorga.

- E, qo ysang-chi, hamma shunaqa deydi.

- Yo q, rostdan. Men ichida puli bo lmagan katmonni o g irlagandim.

Категория: LATIFALAR | Просмотров: 1444 | Добавил: sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024