Komix_Uz Chindan sevardim Seni chindan sevardim, Xamma yaxshi bilardi, Seni kutsam terakzor, Menga soya bo`lardi. Sevgimga ishonmasang, Terakzorlardan so`ra, Terak senga aytmasa, Ko`zrimga bir qara. Menga doim tekgani, Bitta tana, bitta do`q, O`z o`zimga aytganim, Shoirsanu puling yo`q. Boylik yomon bilaman, Seni yo`ldan urganda, Ne qilursan shoirni, Boyu davlat turganda. Terakzorda boshimni, Telbalarcha urardim, Boylar uchun boylikni, Ko`rsatib xam qo`yardim. Seni chindan sevardim, Xamma yaxshi bilardi, Seni kutsam terakzor, Menga soya bo`lardi
|