Mol dunyoga ko'ngil berma omonat. Umring bo'yi quraverma imorat. Barchasining hisobi bor qiyomat. G'animatsan ibodat qil ibodat. Davlat bersa miskinlarga nazar qil. Harom-xarish kelsa undan hazar qil. Umring tugab borar joying mozor bil. G'animatsan do'stim ibodat qil ibodat.