Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
Sevgi va Muhabbat orasida farq bormi?

Barcha javoblar: 596

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Shanba, 27.04.2024, 07:58
Главная » 2008 » Dekabr » 17
ONAIZOR
Muhammad Yusuf she'ri

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 2576 | Sana: 17.12.2008 | Reyting: 5.0/2 | Izohlar (1)

KO`KLAMOYIM
Muhammad Yusuf she'ri

Sochimda oq, men bahordan o`tindim:
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.
Qor qo`ynida seni qo`msab o`kindim,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Ko`nglimga ko`k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo`llar ochilsin
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Kel-da, endi sog`intirmay odamni,
Sen yo`g`ingda bir g`am bosdi yelkamni,
Qorlar kurab ko`mib keldim otamni...
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Ko`king bilan kiyintiray dalamni,
Oyoqyalang suyuntiray bolamni,
O`zing olgin ko`ksimdagi alamni,
Ko`klamoyim ko`kingdan ber bir chimdim.

Jon ustiga asrab yuray ko`kni men,
To`yib-to`yib ko`zga suray ko`kni men.
Yana senga yetamanmi-yo`qmi men,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Dil yayrasin dala dashting yasanib,
Yalpizlaring suv bo`yiga yastanib,
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib ... Davomi »
Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 2087 | Sana: 17.12.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Kimnidir baxtdan ko`ksi osmon,
Kimnidir dardlari cheksiz ummon.
Yana kimnidir bag`ri tosh,
kimningdir esa ko`zlarida yosh.


Bo'limlar: SMS - [ СМС ] | Ko'rildi: 751 | Sana: 17.12.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

“Og’am” deganing qayda?
“Onam” deganing qayda?
Soyasiga sig’inib,
“Otam” deganing qayda?


Bo'limlar: SMS - [ СМС ] | Ko'rildi: 795 | Sana: 17.12.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

ARMONIMSAN…
A-xtarib topganim sizsiz degandim,
R-ashkim kelar edi hatto o’zimdan.
M-ening ko’zim sizga tushsa nogahon,
O-lib qochar ediz ko’ziz ko’zimdan.
N-ihol urgan edi qalbimda sevgi,
I-stardim men uni senga aytishni.
M-en seni sevgandan telba bo’lgandim,
S-eni sevganimdan qildim har ishni.
A-xtarardi seni ko’zlarim har on,
N-imaga axtarar edi bilmadim.
M-enga bo’ysunmasdi ko’zlarim aslo,
A-ytsam, seni sevganim edi bilganim.
L-ol qolardim har on qalbim ishidan,
I-stardi u sizni deyishin erkam.
K-unlar o’taverib sizni unutdim,
A-rmonim bo’b qoldiz mening Malikam!
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 769 | Sana: 17.12.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024