Jimgina sevaman,yonib sevaman, Bo'ldi,ishkim-zorim aytmayman sizga! Ko'nglim azobidan tonib sevaman, Dardlarim aytmayman endi yulduzga... Jimgina sevaman,yonib sevaman, Dengiz, daryolarga itqitib g'amni. Yolg'izlikda yolg'iz ishqqa kuyaman, Men sukutdan olib bor-yo'q alamni. Jimgina sevaman, yonib sevaman, O'rin qoldirmayman achinish so'zga. Odamlar borligin sezmay sevaman, Yo yolg'iz ohshamayin sira yolg'izga.
|