Men o’zi kimman Tomchiman, bulutda osilib turgan, Hayolman, hohlagan kishilar surgan. Qadamman, manzilin bilolmay yurgan, Aytinglar, men o’zi, hayotda kimman! Buloqman, suvlari yerga sig’magan, Nolaman, tunlari qalbni tig’lagan. Ko’z yoshman , to’lishib, unsiz yig’lagan, Aytinglar, men o’zi, hayotda kimman! Ariman, bol izlab gullarni kuchgan, Burgutman, samoda maqsadsiz uchgan. Qirg’oqman, dengizdan taxir suv ichgan Aytinglar, men o’zi, hayotda kimman. Sadoman, baxtimdan yolg’on so’ylagan, Gadoman, shohman deb, o’zin o’ylagan. Navoman, ayriliq kuyin kuylagan, Aytinglar, men o’zi, hayotda kimman.
|