Buxoriy maqbarasi qoshida. Samarqandga bordim, qo'yib bir ixlos, Safar azobiga qilib ming toqat. Mening bir niyatim bor edi xolos, Buxoriy bobomni qilmoq ziyorat. Bordim-u, hayratning qoldim ostida, Bu qabr bir paytlar ediku g'arib, Bugun muhaddisning qabri ustida, Kimdir farzand so'rar unga yolvorib. Sal nari yuraman boshqa bir odam, Qabrga ko'z surtar hech ham hadiksiz, Buxoriy aniq bu holni ko'rgan dam, Uni mushrik deya atardi shaksiz. Biroz nariroqda cho'mib hayolga, Bir ayol qabrni aylardi tavof, Buxoriy kim o'zi degan savolga, Bular berolarmi biror bir javob? Alam qildi menga, alamki juda, Go'yo toza suvdan chiqqandek chirklar. Endi buxoriyni topganimizda, Uning qabri uzra avjida shirklar. Uzoq moziylarga safar qiliblar, Nimadir ko'zimga ko'ringan bo'ldi. Bugun bu ishlarni qilayotgan avom Buxoriyni yurtdan quvg'inlar qildi. Buxoriyni sotgan shularmasmi, deb, Mushrik qavmga bir tashladim nazar. Qabrni ziyorat qilishga kelib, Tashrifdan ilk bora qilgandim hazar. Yo, Rabbiy, bu ne hol dedimu qaytdim, Ko'nglim ko'tarolmay qoldi bu hisni, Uyga keldimu, so'ng qo'limga oldim, Buxoriy rivoyat qlgan hadisni. Buxoriy haqiqiy avliyo ekan, U zot payg'ambardan bo'lmishlar voiz: Ziyoratni agar qasd qilmoq bo'lsang, Faqat uchta joyga bormog'ing joiz. Muqaddas Makkayu, Madina, hamda, Quddusdagi masjid - ziyorat qilsang. Boshqa biron maskan, biron bir o'lka, Qasd qilib safarga arzimas bilsang". Mana shu hadisni o'qib ming diqqat, Izladim o'zimning holimga chora, Hatto Buxoriyning qabrin ziyorat, Qilmoq lozim ekan, hadisga ko'ra. Bas, endi har ishni hadisga solib, Hadis asosida hayot quramiz. Alloh rozi bo'lsin Imom Buxoriy, Sizni Alloh uchun yahshi ko'ramiz.
|