-------------------------------------------------------------------------------- Dunyo dermish kimki menga quloq solsa, Unga aytar sirlarim bor agar olsa, Necha-necha dunyosiga berilganni, Davrim keldi deb o'zicha kerilganni, Aldab-suldab tubsiz jarga yiqdim mano, Olib borib qaro go'rga tiqdim mano, Boyliklarni tahladilar sarjin-sarjin, Men ayladim hammasini parchin-parchin.