Abdulla Oripov - Uchqun Goho xayol daryosida jim O'tkazaman tunlarni bedor. Ba'zan g'aliz jumla ustida Soatlab bosh qotirganim bor. Shaloladek bo'lsa she'rlarim Yog'du sochsa misli alanga Sidqidil-da qobil o'gildek Xizmat qilsa elga, Vatanga Xali bunga ko'p gap bor, xali Fikrlarim tarqoq, tuyg'usiz Xali qancha tunlarni yana O'tkazishim kerak uyqusiz... Achinmayman, sizga o'ylarim Achinmayman, sizga, uzun tun. Achinmayman, chunki otashga - Oq yo'l berar odatda uchqun!
|