Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
+18 ИНТИМ СМС лар керакми ?
Barcha javoblar: 764

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Dushanba, 29.04.2024, 23:30
Главная » 2010 » Iyul » 01
Rashkim

Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o'zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo'lurman g'ash ko'zimdan ham.

Ko'zim yongay senga nargis —
Ko'zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo'lgay yuzimdan ham.

Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum
Gilos birlan uzumdan ham.

Seni jonim dedim yolg'iz,
Seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman
Qo'pol aytgan so'zimdan ham.

Visol onida ko'z ochsa,
Ne tong, tongdan ko'ngilda ranj,
Judo qilgay meni oy yuz,
Xumor ko'z yulduzimdan ham.

Senga o'n to'rtda bog'landim,
Hanuz erkin bo'lolmas dil,
O'zim dog'man, aql kirmas,
To'zimsiz o'ttizimdan ham.
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 823 | Sana: 02.07.2010 | Reyting: 3.0/1 | Izohlar (0)

Sevgi
Sevgi shunday navbahorki,
U tikandin gul qilur,
Toshga jonu til bag'ishlab,
Zog'ni ham bulbul qilur,

Sevgi shunday dard erurki,
Barcha bo'lg'ay mubtalo,
Mubtaloni neki qilsa
Telba bu ko'ngil qilur.

Sevgi shunday tangridirki,
Unga tengdur shoh, gado,
Qulni aylab shohu sulton,
Shohni bo'lsa qul qilur.

Sevgi shunday bir olovki,
Jonga undan yo'q omon,
Gulxanida o'rtab-o'rtab,
Bir kun oxir kul qilur.

Sevginingdir hukmi mutlaq,
Istasa shaydolarin
Chashmi giryonidan ummon,
Ohidan dovul qilur.

Sevgiga she'r bitding, Erkin,
Besabab ermaski, ishq -
Aylagach ko'ngulni ishg'ol,
She'r ila mashg'ul qilur.
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 834 | Sana: 02.07.2010 | Reyting: 5.0/1 | Izohlar (0)

Alamli qo'shiq
O’zgani sevsang, sevgin,
Men ham senga zormasman!
Kel, yonimga, kela qol deb,
Chorlasang ham bormasman!

O’zi seni nega sevdim?
Buncha bo’lmasam ojiz.
Go’zalmassan, sen shunchaki,
Nayrang-makri ko’proq qiz.

Rostin aytsam arzimaysan,
Na she’rim, na sevgimga.
Men balandman! Qo’ling yetmas!
Ketavergin tenging-la...

Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...

Ketgin endi. Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolg’iz!
Tugayapti sabrim... Tag’in –
Oyog’ingga cho’kmay tiz...
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 2911 | Sana: 02.07.2010 | Reyting: 1.0/2 | Izohlar (0)

Sevish uchun
Toza qalb
Beg'ubor yurak
Va pul to'la cho'ntak kerak.

Bo'limlar: HAZIL SMSLAR | Ko'rildi: 1209 | Sana: 01.07.2010 | Reyting: 2.5/2 | Izohlar (0)

Alisher Fayz - Alvido ( Qo'shiq matni)
Sevganimni shum taqdir
Begonaga uzatdi
So'ng shu taqdirning o'zi
Yor-yor aytib kuzatdi
Yonib yonib kul bo'ldi
Yuraklarda sevgimiz
Bahtin topgan kim bo'ldi
Baxtsiz bo'ldik ikkimiz
 
Qaydan keldi sevgilim
Ikkimizga tengidan
Bu jafo.....(bu jafo)
Hayr deyman sevgilim
Alvidolar sevgilim alvido
 
Yolg'iz yurma inim deb
Majnunlar ham deydlar marhabo
Ey ishq dardiga mubtalo
Etting endi bu dardim bedavo
 
Bu dunyoda muhabbat
Kimlar uchun o'yindir
Qo'llarimda sur'ating
Bugun to'yingdir!
Yig'lamasman ko'z yoshim
Daryolarga to'lsa ham
Ayriliqning og'rig'i
Yomon bo'lsa ham
 
Qaydan keldi sevgilim
Ikkimizg ... Davomi »
Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 2019 | Sana: 01.07.2010 | Reyting: 2.5/2 | Izohlar (2)

Bojalar guruhidan yangi "Shukur Olloh" deb nomlangan taronani qarshi oling. Taronani ko'chirib olish uchun http://sherlar.at.ua/load/ ga kiring! Kuningiz hayrli o'tsin.
Bo'limlar: MUSIQALAR | Ko'rildi: 1185 | Sana: 01.07.2010 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Assalomu alaykum qalbi iymon,
hulqi islom, qadri cheksiz,
qalbida keksiz, robbisi Rahmon,
dasturi Quron, vatani Jannat,
qo'shnisi Muhammad (s.a.v.) bo'lgan aziz do'stim
bayram muborak bo'lsin.

Bo'limlar: TABRIK SMSLAR | Ko'rildi: 3209 | Sana: 01.07.2010 | Reyting: 2.9/13 | Izohlar (0)

Azroil jonim olguncha
Sanoqli damim qolguncha.
Qiyomat qoyun bo'lguncha
Faqat seni sevaman.
Bo'limlar: SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] | Ko'rildi: 1640 | Sana: 01.07.2010 | Reyting: 2.5/2 | Izohlar (0)

Кунглинг мухаббатни кумсаб колганда,
Фироклар калбингга назар солганда,
Йулимга термулиб кузинг толганда,
Калбингга оловдек кирган буламан,
Курмайсан...ёнингда турган буламан!!!
Кузингга ёш эмас, дарё тулса хам,
Сендаман, то абад севгинг улса хам,
Хажрингда узгалар,ёниб куйса хам,
Атрофда тентираб юрган буламан,
Карасанг, ёнингда турган буламан.
Мени эслаб тургин тонглар отганда,
Шаббода юзларинг силаб утганда,
Менинг нолаларим кукга етганда,
Кара..., хузурингга келган буламан,
Тиз чукиб ёнингда турган буламан!!!!
Bo'limlar: SMS - [ СМС ] | Ko'rildi: 786 | Sana: 01.07.2010 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Qalbimda yonar otashin olov
Bir seni eslab sevgisin izlab siqilar yurak.
Nechun sen kelmaysan sevaman deb
Sevgimiz uchrashar balki u dunyoda.
Bo'limlar: SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] | Ko'rildi: 1431 | Sana: 01.07.2010 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

5 yashar bola xudoga iltijo qilmoqda,
Ey, Olloh noni yo'qlarga non ber
Suvi yo'qlarga suv ber,
Dadamning jurnalidagi qizlaga kiyim ber!
Bo'limlar: HAZIL SMSLAR | Ko'rildi: 1076 | Sana: 01.07.2010 | Reyting: 3.7/3 | Izohlar (1)

Uzoqdagi yaqinim! Saytimiz yana ish faoliyatida! Marhamat,  sms,sherlar,latifa,sevgi izhorlarini qo'shishda davom etamiz! Barchangizga rahmat! Bizni qo'llab turganingiz uchun! SmS,Sher qo'shish juda oddiy!    [ [Sher qo'shish] [ Add message ] [ Добавить стихи ] ] nomli knopkani bosing va qo'shishda davom eting! Eng ko'p ovoz to'plagan va eng ko'p o'qilgan smslar "Kun SmSi"ga qo'yiladi!
Bo'limlar: Yangiliklar | Ko'rildi: 818 | Sana: 01.07.2010 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024