Men sevgan qiz o'zganing yori
••••••••••••••••••••••••••••••••••••••
Yurakda dard ko'ksimga og'irlik qilar,
Vujudim yonmoqda irodam sinar.
Ey do'stlar holatimni Kim ham bilar
Kuyganim befoyda faryod-u zorim.
Men sevgan qiz afsus o'zganing yori.
Yig'lamay desam ham ko'zim yosh namli
Bu yoshlar ma'noli, achchiq alamli,
Yolg'izlik onlari azobli, g'amli
Rostlanmay egildi sevgim viqori
Men sevgan qiz afsus o'zganing yori.
Bir-biriga mosdur chiroyli juftlik
Menga-chi yolg'izlik hamda baxtsizlik
Shu ekan taqdirim bu ne ko'rgilik
Yiqildim cho'kyapman zalolat sari
Men sevgan qiz afsus O'zganing yori.