Eshigizdan qushlar uchub o`tmasin Mendan boshqa yorga ko`ngliz ketmasin Menda boshqa yorga ko`ngliz ketsa ham Topgan yoriz bir haftaga yetmasin Shunda Nargiz mazza qilib kulardi
Ko'nikaman barisiga yetar bardoshim. Garchand sizni deya tinmas ko'zdagi yoshim. Sizsiz menga borliq zulmat tanxo quyoshim. Men baribir, men baribir sizni sevaman. Vafo izlab tokay kezay telba dunyoni. Qaydan topay kuygan qalbga zarra ziyoni. Tasir qilmas birovlarning o'git farmoni. Men baribir. Men baribr sizni sevaman. Umrim o'tib borar ko'nglimchi yarim. Bitta sizdan topar tuzalmas dardim. Tinglang, dili izxorlarim bisyordir manim. Men baribir. Men baribir sizni sevaman. Men bilmayman qalbingizda ne o'y ne tuyg'u. Balkim shundan yuraginda ortadi qayg'u. Ammo sira o'z- o'zimni yengolmaymanku. Men baribir. men baribir sizni sevaman.
Sizni shuncha eslasam ham, gapirsam ham baribir nimadandir ko`lim to`lmaydi. Negaki endi avvalgidek siz bilan gaplasholmayman hammasi go`yoki tushdek. Hatto tush ko`rmay qo`ydim. Sog`inchimni aytolmay to`lib ketaman gohi........ Ishonmassiza sog`inganimga ammo baribir sog`indim..........
Yurak xo`rsinar yurak, Sizdan ayrilgan kun, og`rindim. Sizsiz yurak menga ne kerak, Xudo haqqi sizni "SOG`INDIM"
Bu sizni menga yozgan so`ngi she'ringiz edi.........
Кимдир кутган киш келди. Совуккина, ёкимли, кулиб турадиган, бегубор, ёлгиз ва жим. Кутганим кор хам ёгди. Бир йил ўтганини нишонлаш учун кор ёгди. 1 йил ўтибди. Сизни кўрган куниму ўтган энг ширин вактимга хам 1 йил ўтибди. 18 декабр шунчалик тез етиб келдики. Гўё мен хам хаммасини жуда тез йўкотдим. Вактни сониялаб ўтказсанг худди камдек туюлади. Аслида хар бир сония аср билан баробар 18 декабр 31.622.400 сониялар....................................................
Узок йўл юрсам, нимадандир узок чарчасам, йиглагим келганда, хеч ким мени тушунишни истамаса, ёлгиз колсам хуллас хаммаси эслатиб туради сизни борлигингизни. Чунки энг узок йўлни мен сизни ёнингизга бориш учун босиб ўтгандим. Чарчаганимда сиз билан гаплашсам хамма чарчокларим унут бўлиб кетарди. Йиглагим келса вактида сиздан аламимни олиб йиглаганим эслатади. Хатто мени тушунмасангизда ха саники тўгри дея мани овутган ёки кўнглимни кўтаришга уринганингиз учун. Сизсиз узок ёлгиз колганим учун. Хаммаси учун. Токи сиздан мени айирган ёлгон келмагунича сиз билан шундай яшаётган эдим. Кейин-чи? Нима бўлди. Худди кузги япрокдай тўкилдим. Ўз танамдан узилдим. Ёлгон саргайтирди йўлларингизда. У мени зор килди бир лахзалик гапингиз учун. Куз хам эслата бошлади сизни кайтадан.
Кетаётиб худди ўзимга ўхшаш кузги япроклар билан сўзлаша бошладим. Гўёки мен уларни тушуна оладигандек.
Тонг отиб кун ботади. Хаммаси рисоладагидай худди хеч нарса узгармаган. Узгартиришга хеч ким кодир эмас, факат ёлгиз Оллохгина бунга кодир. Аммо нега биз хаммасини ўзгартирмокчи бўлдик. Нега сиз ўзгартирдингиз. Нега сиз унутдингиз........ унутмай туриб нега кўксингиздаги юракка бунчалар озор килдингиз. Умид билан яшаётган бир жонни нега кайтиб олдингиза. Кеч бўлгандачи йигламокчисиз!. Хайронман нега халигача мен кўника олмаётган бу туйгулар сизни кўксингизга кандай килиб сигиб колди. Балки кучингиз етгандир юракка карши чикишга, нега унда айриликдан кочиб кетишга кучингиз етмади. Канча яшайман билмайман, аммо сизни хеч он айбдор килмайман. Агар билсангиз борлигингизни ўзи бир умрга етади, факат билиб турсам бўлгани. Ўзим хохламасамда гохида сизни ёдимга туширадиган, беихтиёр кўз ёш тўкишга мажбур киладиган туйгуларим бор. Улар бир умр мен билан яшаб колишса хам майли......................
Ayriliq yomon. Xijron yomon. Sog`inch yomon. Ammo nega to`lib qoldi barining paymonasi. Nega endi ayriliq ham yig`ladi ahvolimdan kuyinib. Xijron ketmoq uchun yo`l topolmay tiz cho`kib qoldi ilinch poylariga. Sog`inch yuragimni quchib panoh izladi ko`zlaringizdan. Ammo sizchi ketdingiz. Barini menga qoldirib. Ulardan zarra bo`lsada olib ketolmadingiz. Ular sizdan qolgan xotiraga aylanishdi. Ularni unutib ham, qo`yib yuborib ham, tashlab ketib ham bo`lmaydi. Ularsiz meh hechkimman xuddi siz men bilan ham hechkim bo`lmaganingizdek. Ular ba’zan sizni izlab qolishadi. Meni savollar bilan ko`mib tashlashadi. Lekin qani edi javob berolsam sizni topib berolsam. O`zim qiynalaman ammo ular tana qilishmaydi go`yo meni tushungandek. Hayot ham nolish uchun sabab bermaydi. Baxt uyim ostonasidan har tong meni kuzatib, har kech quvonch bilan qarshi oladi. Bilasizmi bularni bari sizsiz ammo menda bor. Balki bularni barini menga tilagandirsiz. Sizni yuragingizga men s
... Davomi »
Osmonda oy ko'targanda bosh. Topolmayman birorta sirdosh. Ko'z yoshimdan sizni izlayman. Kuz xam keldi xamon men sarson. seni izlab bo'laman giryon. Barglar kabi sevgimiz xazon. Xar xazondan seni izlayman. Qurib ketsin xayot zormanda. Sevgimizni sizlab asrayman. Ikkimiz xam qoldik armonda. Armonlardan seni izlayman.
Umidvor tikilmang ko'zimga. Ketsam zor qaramang izimga. O'zingiz izlamang izimdan. O'zga bir ishq yashar dilimda. Bu qiz bir dunyo deb o'ylamang. Sevgisi ro'yo deb o'ylamang. qalbi daryo deb o'ylamang. O'zga bir ish yashar dilimda. Men sizga sevgimni berolmasman. Muxabbat yo'limni ocholmasman. Tushuning!!! O'zga bir ishq yashar dilimda.
Bir kun kelib, yodga olasan. Mening otash sevgimni qaytib. Yuraginga, ismimni aytib. Tig'laysan sen, Tig'layverasan. Bir kun kelib, Izlab qolasan. Izlarimni, Bo'lsa xamki kech. Mensiz eru osmonlarga xech. Sig'maysan sen, Sig'mayverasan. Bir kun kelib, Faryod solasan. G'ururingdan qolmaydi asar. Ko'z yoshingdan qilmaysan xazar. Yig'larsan sen. Yig'layverasan.
Sevgi nima? G'azab, Xijronmi? Yoki dilni mast etuvchi may. Sevgi nima? Bir imtixonmi? Yo tong chog'i yig'latuvchi nay. Sevgi nima? Axdu, vafomi? Sevgi nima? Orzu, Xatomi. Sevgi nima? O'tli qarashmi? Yurakda G'am, Otashli rashqmi?
Unutdimmi???? Yo'q unutdingiz. Qizg'ondingiz zarra mexrni. Oyni sovchi qilib yubordim. Ilinj ila kutib mexrni. Unutdimmi???? Yo'q unutdingiz. Xatto tushga kirmay qo'ydingiz. Zerikdingiz sevishdan yoki. Ishqdan , Balki mendan to'ydingiz. Unutdimmi???? Yo'q unutdingiz. Dillar g'amga to'lgani qoldi. Ko'zlarida yoshlari jovdirab. Sevgi sag'ir bo'lgani qoldi. UnuTDiMMi???? Yo'Q UnuTDiNGiZ....