Azizam, ayni damda siz mendan olisdasiz. Lekin siz menga qalban yaqinsiz. Bilsangiz edi sizni qanchalar sevishimni. Sizsiz tunlarim mahzun, kunlarim esa mazmunsiz. Kun-u tun sizning xayolingiz bilan yashamoqdaman. Sizning mag‘rur-u masrur chehrangiz hamon ko‘z o‘ngimda. Ibtidosi bor narsaning imtihosi ham bor bo‘lganidek bu hijron damlarini hademay ortda qoldiramiz. Hayotimizning baxtli onlari hali oldinda. Sizdek Bek yigitga fotiha qilinganimda qanchalar xursand bo‘lganimni siz tasavvur ham qila olmaysiz. Sevgi sarhadlarida siz bilan kezgan o‘sha baxtli onlarni esalb shirin entikib qo‘yaman. Cheksiz xayollar ummoniga g‘arq bo‘laman. Siz o‘sha paytda ham bugungidek jiddiy, qaysar va bir so‘zli bola edingiz. Yozning faraxbaxsh oqshomlaridan birida sevgi izhor qilib ulgurmay javobini so‘radingiz. Men sizning sevgingizni rad etishga qanchalar urinmay bu sirli tuyg‘u asirasi edim. Ha azizim men sizni chindan ham sevib qolgan edim. Bu sevgim kundan kunga alangalashib butun vujudimni qoalamoqda. Yaqin kunlarda diydor ko‘rishguncha omon bo‘ling azizim. Sizni sevib qoluvchi sizning Shahlongiz.