Men sevgan qiz o'zganing yori
••••••••••••••••••••••••••••••••••••••
Yurakda dard ko'ksimga og'irlik qilar,
Vujudim yonmoqda irodam sinar.
Ey do'stlar holatimni Kim ham bilar
Kuyganim befoyda faryod-u zorim.
Men sevgan qiz afsus o'zganing yori.
Yig'lamay desam ham ko'zim yosh namli
Bu yoshlar ma'noli, achchiq alamli,
Yolg'izlik onlari azobli, g'amli
Rostlanmay egildi sevgim viqori
Men sevgan qiz afsus o'zganing yori.
Bir-biriga mosdur chiroyli juftlik
Menga-chi yolg'izlik hamda baxtsizlik
Shu ekan taqdirim bu ne ko'rgilik
Yiqildim cho'kyapman zalolat sari
Men sevgan qiz afsus O'zganing yori.
Bobur Bobomurod (1968-yili tug‘ilgan) Bobur Bobomurod 1968 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, 1995 – 2008 yillarda «Ko‘zgudagi odam», «Yolg‘iz qolgan ayol», «Muhabbat yolg‘onlari», «Elim bo‘ldi davlatli», «Buxorodan kuyov qiling», «Esiz odam», «Chimyon taronalari», «Sukutdagi go‘zal», «Umr bahori», "Bir kun kelib”, "Yuragim”, "Xudo bergan o‘zbekka” nomli she’riy to‘plamlari chop etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi (1998). O'zbekistonda xizmat ko'rsatganm madaniyat xodimi.
ESSIZ ODAMLAR
Qo`lsiz qoldim berib barmog`im Yonib turar mudom qulog`im Davralarga tortmas oyog`im Essiz odam, e Siz odamlar.
Dil gul edi Sizga atalgan Goh toptalib, gohi maqtalgan Har bandiga pichoq qadalgan Ess
... Davomi »
Yigitning dunyosi onadur, Onam deb otda ham yonadur, Nomardlar onadan tonadur, Onasiz bu dunyo qorongu, Zor emas minnatlik oshinga, Sherikdur gam tushsa boshinga, Yoqotsang kim kelar qoshinga, Onasiz bu dunyo qorongu... Qizgonma eng shirin sozingi, Qarosin olib ber kozingni, Qabrda uzdiku ozingni, Onasiz bu dunyo qorongu, Shikoyat tushsa ham yoringdan, Kechmagin onai zoringdan, Quvonsin dunyoda boringdan, Onasiz budunyo qorongu... Chalinsa mungli kuy naylardan, Alaming olmagin maylardan, Yoqotsang toparsan qaylardan, Onasiz bu dunyo qorongu, Romolin kozinga surtsang ham, Suratin qolinga tutsang ham, Kelmagay asrlab kutsang ham, Onasiz bu dunyo qorongu... Chidarman turli hil qiynoqqa, Boshimni toshga ham urmoqqa, Chidolmam onasiz yurmoqqa, Onasiz bu dunyo qorongu...
Siz kimgadir jilmayib boqsangiz, Sevmaymanu ammo rashkim keladi. Siz qarshimda har safar tursangiz, Sevmaymanu yurak tez-tez uradi. Sizning menga tushmagan ishqingiz, Sevmaymanu lek yurakni vayron qiladi. Siz menga har safar duch kelsangiz, Sevmaymanu nega bahtiyor qiladi?