Bobur Bobomurod (1968-yili tug‘ilgan) Bobur Bobomurod 1968 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, 1995 – 2008 yillarda «Ko‘zgudagi odam», «Yolg‘iz qolgan ayol», «Muhabbat yolg‘onlari», «Elim bo‘ldi davlatli», «Buxorodan kuyov qiling», «Esiz odam», «Chimyon taronalari», «Sukutdagi go‘zal», «Umr bahori», "Bir kun kelib”, "Yuragim”, "Xudo bergan o‘zbekka” nomli she’riy to‘plamlari chop etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi (1998). O'zbekistonda xizmat ko'rsatganm madaniyat xodimi.
ESSIZ ODAMLAR
Qo`lsiz qoldim berib barmog`im Yonib turar mudom qulog`im Davralarga tortmas oyog`im Essiz odam, e Siz odamlar.
Dil gul edi Sizga atalgan Goh toptalib, gohi maqtalgan Har bandiga pichoq qadalgan Essiz odam, e Siz odamlar
Poshnangizdan ko`chirdim muzni Yuragimdan o`chirdim izni Allaqachon kechirdim Sizni Essiz odam, e Siz odamlar.
Erta bir kun qabrimga kirsam Jannatlarda ohista yursam Jim qolarsiz termulib tursam Essiz odam, e Siz odamlar.
UCHMOQDAMAN
Talpinganim bir umr Qafassiz hayot edi, Topmoqlik qanot edi... Derdim bu go'zal osmon Koshkiydi topsam imkon Qush kabi uchsam edi... Uchmoqdaman... Meni chorlar keng samo Bag'rida yo'qdur tuzoq. Parvoz uchun shayman ammo Osmon mendan ko'p uzoq. Ko'kdek toza bo'lay desam, G'uncha ochib kulay desam Yer ham muncha qattiq ekan. Orzuimga yetgum bir kun Osmonlardan izlang meni, So'ng manzildan ko'zlang meni. Uchmoqdaman... Meni chorlar keng samo Bag'rida yo'qdur tuzoq. Parvoz uchun shayman ammo Osmon mendan ko'p uzoq.
|