
| Меню сайта |
|
 |
| Shahsiy |
|
 |
| Опрос |
|
|
 |
|
 |


 |
 | Приветствую Вас Mehmon | RSS
WWW.SHERLAR.AT.UA
Dushanba, 02.03.2026, 11:49 |  |
|
 |
Главная » Sherlar [ Стихи ]
|
Yana seni eslab yig’laydi ko’ngil, Yig’laydi yurakning tubida armon. Seni qo’msab ado bo’ldim, ishongin, Abadiy ayrilmoq, oh, yomon, ishon!
Abadiy yurakda yashaysan o’zing, Olovli yoshlikdan hotira bo’lib. Mangu seni eslab she`rlar bitaman, Qalbi yaralangan Mirzoying bo’lib.
|
|
Бахт не эрур? Бахт не эрур, бунга бир тангри гувох. Хаёт давомида минг бора, хам гох, Бахтни этар тухфа бизга хар лахза, Лек ќўлдан бой берармиз сезмайин ногох.
Бахтни тасвирлаш хар кимга мушкул, Чунончи, бахт бўлмиш келмагай нуќул. Бахт номи хар кимга, хамда ќалбларга, Ўзга тушунча ила ташриф буюрур.
Жумладан, мен учун ўз аќл-онгим, Тангри инъом этган хар лахза-тонгим. Бахт мени тарк этиб, олиб кетса бош, Янада бахтни ќумсаб, келар соѓингим.
Бахтни яксон этар дилдаги ѓурур, Бахтда тасвирланар кўзлардаги нур. Оханг-у наволар ва ўз ижодим, Мен учун асил бахтдир! Лек билмам, бахт не эрур?
|
|
Етти йилча муќаддам менинг юрагим, Жиз этиб хис этди бир ажиб туйѓу. Шу дамда мен инондим унга керагим, Ва хар тун сўз битардим, кўрмасдан уйќу. Шу пайтгача бир тўплам шеърларим битдим, Сўнгра хам келаверди илхом париси. Мен ноилож кўнглимдан сўзларим титдим, Чиќарди бири дардли, бахтли бириси. Хаёлот уммонида сузиб юриб мен, Бир нарсани батафсил англаб етгандим. Наботод оламида тузиб юриб шеър, Фаќат мингдан бир ќисмини танлаб битгандим. Улким, ягона танлаб, англаб етганим, Тушунмагай хеч ќачон дардимни менинг, Ажиб туйѓу кириб, дил бўлди пора. Нур кириб, ёритсайди ќалбимни менинг, Оллох менга бахт ато этсайди зора. Ажиб туйѓу кирган ќалбимга азал, Уни ардоќладим бир мехмон била. Кўнглимдан ўтарди минг битта ѓазал, Уларни асрардим Ажиб Туйѓулар Ила!!!
|
|
Sochlaringni siypalasam xar zamon, Yuragimga quvonch siğmaydi shuon. O'zing mani yagonamsan san janon, Bonu sansiz yasholmayman man ishon. Ko'kka boqsam sani ko'rgayman o'zim, Xamon sani yo'lingdadur bu ko'zim. Tunlar uyqu bermas manga xayollar, Bonu sansiz yasholmayman sevgilim. Man sevganim san o'zingsan tanxoyim, Osmonimda porlagan ey yulduzim. Xayotimsan yuragimda tanxoyim, Bonu sansiz yasholmasman yolğizim. Man aytarman tanxo sani sevdim deb, Suyukligim san sevgilim jonim deb. Sansiz yurak urmaydiku jonginam, Bonu sansiz yasholmasman yagonam.
|
Aziza Halilovaning fotosur'atlarini tomosha qiling...! Ushbu ijodkordan tez orada ajoyib yangilikni qarshi oling!
|
Lobar husning nega darkor? Qalbingdayin bo'lolmasang. Oh urmagin sevgilingga, Joning berib o'lolmasang. Asli ishqni tuyg'usini, Yuragingga tuyolmaysan. Ko'zgu sening hamrohingdir, O'zgasini suyolmaysan. Telefoning jiringladi, ,,Eshitaman'' aytar so'zing. Qay bir yigit telefonda Eslolmaysan bazan o'zing. Balki hozir faxr bilan, Demoqchisan bu mengga axt. Yuztasini quchog'idan, Topilurmi haqiqiy baxt? Kiyinishing so'ngi moda, SHayton bichgan bu libosni. Vijdon bilan javob berchi, Ayol nomi sengga xosmi? Mayli meni qoloq degin, Zamon mendan o'zib ketdi. Ammo o'sha zamonani, Sen kabilar buzub ketdi. Barchinoylar qayda qoldi? Hayo qani egik boshing! Kimriging to'sh ko'tarolmay, Achishib ko'z oqdi yoshing! SHior bo'ldi bitta jumla, ,,Paynetdan pul tas
...
Davomi »
|
Sevgi! Bir kelib ketgin yonimga Senga aytar so'zlarim ko'p! Jamlab qo'ydim, to'rtliklarimga Dard-hasratu alamlarim ho'p!
Yolg'iz qo'ymas, she'rlarim meni Joy olgan tunlari yonimdan Biz sog'indik ikkimiz seni Senga joy atadik, yurak tubidan.
Sevgi! Kelaqolsangchi endi! Bunchalar uzoq kuttirma bizni Sen istagan yoshim ham keldi O’n sakkiz bahorning issiq izlari
Tunlari derazam ochib qo’yaman Uchib kelasanmi? Yoki yugurib? Sening birgina so’zing kutaman O’sha bir so’zga ko’ngil qo’yganman
|
Bahor go’zaldir yomg’iri bilan Farhod ham buyukdir Shirini bilan Majnun Laylisiz yashay olganmas Inson ham insondur o’z jufti bilan!
Oqni qorasiz anglash mumkinmas, Yaxshini yomonsiz ajratib bo’lmas Hijronsiz yoqarmu sevgining yo’li? Doim-o juft bo’lar insonning yo’li!
Har narsa go’zaldir, o’z jufti bilan Odamzod yaralgan o’z baxti bilan
|
|
я тебя не забуду... буду ждать всегда... сожет ты вернешься, да я уверенна ты вернешься! но когда? может и ни когда. но ты знай я люблю тебя,и буду любить, больше чем ты меня.....
|
|
Yuragimda quvonch yog'ardi birinchi qor Sevinardi hamma men kabi beg'ubor Shunda nogohon seni ko'rib Yoningga borgandim yugurib Ko'zlaring boqardi negadur gunohkor
Titrab, yig'lab deding sevgimiz ado Sevgimizga qarshi xatto xudo Ota-onam berdi o'zgaga va'da Kechirgin yorim deding sen ALVIDO!
Shu gapni sen aytdingmi desam O'z so'zingdan qaytdingmi desam Seni deyman ishongin deysan Taqdir ekan tushungin deysan
Qanday azob aytgin bu birinchi qor Sevgimni topgandim ahir bahor Gunohim nima ayt birinchi qor Sevgim qaytarolmas endi bahor
Nahot sendan ajratib ketti birinchi qor Yuragimni muzlatib ketti birinchi qor Berolmayman bunga bardoshlar Ammo ko'zlarimda yo'q yoshlar Hayolimda faqat aytgan so'zlaring bor
|
She'rni ohirgacha o'qishni maslahat beramiz. Mehmon bo'ldi tushimda onam Ko'zlarida tashvish iztirob, Hayolida ming bir savollar Yuzlarida ming bitta azob Boshim uzra bo'lib ovora Ming dard bo'lib farovush Atrofimda bo'lib parvona Savol bilan boqadi homush Oh sochlari hiyol to'zg'igan Qadoq qo'llar boshim silaydi Ko'zlarimga tik boqib zimdan Savoliga javob so'raydi Eshitilar yurak urishi So'zlarida mungli hayajon O'glim gapir bu qandoq xolat Nima bo'ldi senga bolajon Aytgin bolam gunohing nima To'rt devorga mahkumsan nechun Bu qandayin temir panjara Temir eshik nahot sen uchun Aytgin o'g'lim yashirma mendan Nahot qo'ling qonga botgandir Kutmagandim yomonlik sendan O'g'rilikka ko'ngling yotgandur yo kimningdur toptam nomusi Tushirdingmi sha'nimizga dog' Yo unutib bergan oq sutib Ruhimizga qo'ydingmi oyoq Balki bo'lib sen shuhratparast
...
Davomi »
|
Dardlar senga soya solsa ham,
Doim quvnab yurishing kerak,
Baxtga yetish qiyin bo'lsa ham,
Sen baxtingni topishing kerak!
To'lib ketsa alamga yurak,
Alamlarni yengishing kerak.
Singan ko'ngling bo'lsada halak,
Sen baxtingni topishing kerak
Sen baxtiyor bo'lmsang bugun,
Qalbim taskin topmasa kerak.
Men baxtiyor bo'lishim uchun,
Sen baxtingni topishing kerak!
Sof sevgimga ishonmasang ham,
Bir yonimga kelolmasang ham,
Menga baxtlar berolmasang ham,
Sen baxtingni topishing kerak!
Doim baxtli bo'lishing kerak!!!
|
|
Хаёлдан утгани хакикат бумиди,
Сан кутган шахзоден кайтиб кемиди,
Яхшиси кутмагин - сурмагин хаёл,
Барибир уйлисан, кутасан - чунки сан аёл !
Еркэ дигани уйламиди набарот янгисини кутади,
Шу сабаб эркела доим ютади !!!
|
|
Ko'zlarimni kuldirgan quvonchlarim bo'l mening,
Sen aslo bu hayotning tashvishlaridan tolma.
Bir umrga yoningda parvonang bo'lay sening,
Orzuim bo'l, bahtim bo'l, faqat armonim bo'lma.
Olloh seni hamisha panohida asrasin,
Omonat bu joningni men uchun fido qilma.
Mayli taqdir ikkimizni istagancha sinasin,
Azobim bo'l, dardim bo'l, faqat armonim bo'lma.
Sen bilan bu dunyoning bor dardini unutay,
Doim bo'lay hayoling, o'zgaga nazar solma.
Mayli seni bir umr, bir umr yonib kutay,
Bahtimga sen bor bo'lgin, faqat armonim bo'lma..
|
|
Dunyodan kechganman – sen ham mendan kech, Yuragim adog’in ko’zlama, jonim, Quyoshim vasliga yetolmadim hech – Qo’yib ber – yig’lasin bugun osmonim.
Men senda yorimni ko’rib adashdim, Men senga jonimni qildim omonat. Men senga borimni berib adashdim – Qo’yib ber – kuylasin bugun nadomat.
Endi ayriliqdan tonganim bekor, Alamli so’nggiga yetdi ertagim. Seni deb bir umr yonganim bekor – Qo’yib ber – muzlasin bugun yuragim.
Men ojiz – yuraging o’zgaga tortar, Ichimda tosh bo’lib qotdi rashklarim. Ertaga ko’zlarim o’zga yor artar – Qo’yib ber – tinmasin bugun ashklarim.
Diydorning kasriga g’urur qoldimi, Qasos olmoqlikka hozir yolg’izlik. Vaslingga yetishmoq armon bo’ldimi – Qoyib ber – yayrasin bugun sensizlik.
Baxt deb bilgan yoring qo’llaridan tut, Mening qo’lim tutgan sodiq alamim. Har qanday so’zingga dil saqlar sukut – Qo’yib ber – so’ylasin bugun qalamim!
|
|
|
|
| Reklama |
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
|
 |
| Kunlik hisob-kitob |
|
|
 |
| Yangilik + |
|
|
 |
| SmS+ |
|
 |
|