
| Меню сайта |
|
 |
| Shahsiy |
|
 |
| Опрос |
|
|
 |
|
 |


 |
 | Приветствую Вас Mehmon | RSS
WWW.SHERLAR.AT.UA
Dushanba, 02.03.2026, 09:39 |  |
|
 |
Главная » 2008 » Oktabr » 26 » Бу нима ???
|
Inson tabiati g`alati. U har doim nimagadir intilib va yana kimnigir kutib yashaydi. Qisqa qilib aytganda, inson yuragining bir cheti hamisha kemtik. Aytishlaricha, dunyo yaralgan vaqtda Olloh Taolo inson hayotini 99 kunini omadsizlik, g`am-tashvish bulutidan va faqat 1 kunigina shodlik bulutidan yaratgan emish. Shuning uchun bo`lsa kerak, inson hayotining juda ko`p kunlari g`am-tashvishlardan iborat. Bu kun yana men yolg`izman. Bu tuyg`u negadir hamisha mening hamroxim. Men undan qutilmoq istayman. Ko`nglimga sevinch, shodlik tuyg`ularini oshno qilay deymanu, lekin yuragimning qat-qatida joylashib olgan g`am-tashvishlar bunga yo`l qo`ymaydi. Beixtiyor, qalbim qa`rida ular bir-birlari bilan jang qiladilar. Ko`pincha g`am-tashvishlarning qo`li baland kelganligi uchun bechora shodliklar ko`zlari yoshga to`lib qachonlardir mening yuragimdan joy olishini umid bilan kutadi. Nogoh qalbimga quloq solaman. U menga o`z tilida nimalardir so`zlaydi. Men uni tushunmoq istayman. Unga tiz cho`kib yalinaman. Qalbim! faqatgina sen meni yolg`iz qoldirma. Bu bemehr, yolg`onchi dunyoda faqat sen mening ishongan mehribonimsan. Negadir shu so`zlarni yozyapmanu, to`yib-to`yib yig`lagim kelyapti. Men bu foniy dunyoda faqatgian bir narsadan qo`rqaman. U ham bo`lsa- mening qalbim o`zimdan yiroqda bo`lishidan. Bunday bo`lmaslik uchun mag`rur yashash lozim!
Feruza Yo`ldosheva
|
|
Категория: Sherlar [ Стихи ] |
Просмотров: 1129 |
Добавил: sherlar
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
| Reklama |
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
|
 |
| Kunlik hisob-kitob |
|
|
 |
| Yangilik + |
|
|
 |
| SmS+ |
|
 |
|