Mag'rur edim boshimni egib yo yoningda tiribman mahzun nigohingiz haroratidan qizaradi yuzim lola gul. Balki ko'ngil o'zga yordadur, yana qiynar so'roq savollar aytib bo'lmas hayo devordur, sizni menga bog'lar hayollar. Otashlarda o'rtanadi jon muhabbatmi yo nomus qiynar, boqib yerga qoldim parishon ahvolimni OLLOHIM bilar. Sizni sevdim quyosh misoli, hayotimni etdingiz ravshan ihtiyorim orzu o'yimni ishiqingizla bog'lab ketdingiz. Na so'z aytdim va na kecholdim, dunyolarga otdim o'zimni na qismatning ipin yecholdim dovullarga berdim to'zimni. Yo'lingizni parilar poylar olib ketmoq bo'lar yurtiga, meni ko'rib yoningizda jim tunday qaytib ketar ortiga. Agar o'lsam sevgi yo'lida go'rni menga chuqur qazishsin, tosh ustiga toshlar qo'yishib baxtsiz... deb yozib qo'yishsin. O'tar bo'lsan qabrim yonidan qabrim uzra bir nigoh tashla, dasta guling bo'lsa qo'lingda bir donasin men uchun tashla.