Bir go'zal qizga ko'ngil qo'ygandim, uni suyib hajrida kuygandim, bir bor korsam, ikki og'iz so'zini eshitsam deb kun tunimni faqat unga bag'ishlab o'tkazardim. oradan oylar,sanoqsiz kunlar o'tdi, oxiri chidolmadim g'ururimni asir band qilib bo'lsa ham, sevgim ishor qilishga urinub ko'rmoqchi, bahtimni, omadimni sinab ko'rmoqchi bo'ldim. taqdirimdan,yaratgandan umidim katta edi, lek har safar yoniga borib, negadur tilsiz,zabonsiz, o'zimni yo'qotardim, na bir nido, na bir sado, na bir o'y hayol. yo'q! qandaydir o'zgacha bir tuyg'u, o'zimni yettinchi osmonda his qilardim. buni qarangki bir kun gapirdim, ne ko'z bilan qarayki mendagi o'sha alamli nido, sadoni uning javobsiz yurishda davom etayotganida ko'rdim! gu'rurliman,bo'ysunmiyman deb yurgan Sher yigit uchun bu o'g'ir zarba, dard edi g'azablandim, achiq qildim,boshimni,urmagan devor, alamimni olmagan odam qolmadi! yaxshi qadrdon do'stu birodarlarim, dardimga sherik bo'lishdi, meni yupatishga harakat qilishdi! o'zimni o'zim ovitgim, sevgim hayollaridan qochkim, unutglarim kelardi! lek qancha urinmay, oradan tahminan 3 oycha o'tib, yana o'sha, bag'ri toshni, ne bo'lsa ham o'sha birinchi ilk alamli muhabatim, ko'nglim kalitin o'g'irlagan parini ko'rdim. yana boshlandi shuncha ovinishga, urinishga qilgan intilishlarim bir tiyin endi uni ko'rib o'zimni gapirishdan tiyib turishim qiyin. ko'zlariga o'sha olovli, dardli, g'amli ko'zlarim bilan qarardim. bu og'riqqa ham chiday olmadim, g'ururim borma, deb yeg'lasa ham uni yana asir band qilib, qo'limda nozik g'uncha bilan uning yo'lariga ko'zim to'rt bo'lib u ketadigan avtobuz bekati yonida bir soatcha kutim, kutib turibmanu yuragim qinidan chiqib ketay deb, meni qo'rqitardi, hayajonga solardi. oxiri bo'madi, u keladigan yo'l tomon ohista yurdim , yo'lda ko'rarmikanman deb, nozik chiroyli g'unchani egasiga berarmikanman deb. uni uzoqdan ko'rib u tomon shahdam yurdim, u ham kelardi ohista qadam bosib, uyalmadim, hayajonimni, yeg'layotgan g'ururimni tinchitib. Men siz bilan gaplashib olmoqchiman deb, so'z boshladim, u xutti bilmagandek, men bilanmi, orqasidan men sizni tanimiyman deb javob ayladi. yana o'rtangan, hasta yuragim yarasini tirnadi. Qayerdan ham bordim, ul bag'ri toshni yoniga. g'ururimning, borma degan so'zlariga ko'nsam bo'lardi. baribir bu narasa biron kun sodir bo'lardi, o'zimni yupatdim orada:u uchun sohta, men uchun chin do'st ham bo'ldik keyin o'ylab qarasam uning do'stligidan yo'q ma'no! Ex yana alamli, azobli olovga tashladi. Bo'ldi endi ul bag'ri toshni suymayman, uni o'ylab ortiq xajrida kuymayman. unutarman deb harakat qilish yo'limdan endi hech toymayman! endi uni sevolmayman,qaytib utamon qadam bosmayman!