ARMONIMSAN… A-ytolmadim senga sevgimni hecham, R-ashk qilaman seni shunda ham. M-en senga hech narsa demasdan sevdim, O-shkor etay desam kech bo’ldi bu dam. N-im tabassum labda, kulmaydi ko’ngil, I-stirob o’tida yonadi bu dil. M-eni kechir izlaringdan yurdim-u lek, S-enga yetmay so’lib ketdi qo’ldagi gul. A-ytaman deb sevgim urundim ko’p bor, N-ima qilay oxir senga o’zim qoldim zor. M-en shundayin tilsiz oshiqman, A-rmonim ichra bir kun bo’lgum xor. L-aylim beray senga yagona savol, I-stamayman savolim kelishin malol. K-erak bo’lsa mayli javob ham berma. A-sli sen kim haqida surasan hayol?