
| Меню сайта |
|
 |
| Shahsiy |
|
 |
| Опрос |
|
|
 |
|
 |


 |
 | Приветствую Вас Mehmon | RSS
WWW.SHERLAR.AT.UA
Dushanba, 02.03.2026, 03:30 |  |
|
 |
Главная » 2008 » Dekabr » 17 » G'iyos Boytoyev - KO`KLAMOYIM
21:23 G'iyos Boytoyev - KO`KLAMOYIM |
KO`KLAMOYIM Muhammad Yusuf she'ri
Sochimda oq, men bahordan o`tindim: Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim. Qor qo`ynida seni qo`msab o`kindim, Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.
Ko`nglimga ko`k binafshalar sochilsin, Kokiliga tolpopukdan soch ilsin, Boychechakka borar yo`llar ochilsin Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.
Kel-da, endi sog`intirmay odamni, Sen yo`g`ingda bir g`am bosdi yelkamni, Qorlar kurab ko`mib keldim otamni... Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.
Ko`king bilan kiyintiray dalamni, Oyoqyalang suyuntiray bolamni, O`zing olgin ko`ksimdagi alamni, Ko`klamoyim ko`kingdan ber bir chimdim.
Jon ustiga asrab yuray ko`kni men, To`yib-to`yib ko`zga suray ko`kni men. Yana senga yetamanmi-yo`qmi men, Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.
Dil yayrasin dala dashting yasanib, Yalpizlaring suv bo`yiga yastanib, Ikki misra bayt bitay bir maqtanib, Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim!..
|
|
Категория: QO'SHIQ MATNLARI ! |
Просмотров: 2160 |
Добавил: Elyor
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
| Reklama |
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
|
 |
| Kunlik hisob-kitob |
|
|
 |
| Yangilik + |
|
|
 |
| SmS+ |
|
 |
|