Talaba imtixonda. Domla savol beryapti: -Xo'sh, besh karra besh? Talaba qo'li ostidagi shpargalkaga qarab: -Yigirma besh! Domla xam qo'li ostidagi shpargalkaga qarab: -To'g'ri! Olti karra olti? Talaba yana shpargalkaga qarab: -O'ttiz olti! Domla xam shparkalkaga qarab: -To'g'ri! Etti karra etti? Talaba endi shpargalkaga qaramoqchi bo'lgandi domla uning qo'lini ushlab qoldi. Talaba o'ylanib: -Qirq etti,-dedi. Domla endi shpargalkasiga qaramoqchi edi talaba xam uning qo'lidan ushlab qoldi. Domla: -To'g'ri...