I kurs talaba imtixon topshirayapdi. Endi shpargalkadan ko`chiraman deganda domla kelib qoldi. Darhol shporani bekitdi. III kurs talaba imtixon topshirayapdi. Shporadan ko`chira boshlagan edi, domla kelib qoldi. Talaba etibor qilmay ishini davom ettiraverdi. Domla bir yo`talib qo`ygan edi, erinibgina shporani bekitdi. IV kurs talaba imtixon topshirvotti. Shporani olib ko`chira boshladi. Domla kelib qolgan edi, talaba sekin yo`talib qo`ydi. Shu onda domla teskari qarab oldi.