Afandi uyida qo’y go’shti solingan sho’rva ichishni orzu qilib o’tirardi. Qo’shnisining o’g’li kosa ko’tarib chiqib qoldi va dedi: - Amaki, agar sho’rva qiladigan bo’lsangiz, oyimga bir kosa berarkansiz. Mazalari yo’q edi. Afandi o’zicha g’udiranib qo’ydi: - Tavba, bu uyda orzu qilib ham bo’lmaydi-ya. Darrov qo’shnilar eshitadi.