PUSHAYMON.... Ko’zlarimga tor qilib qo’ydingiz ku olamni, Qil bo’ynimga dor qilib qo’ydingiz barcha g’amni Bu dunyoda ko’rganim faqat alam sitammi? Yaratganning shunchalik bergan azobi kammi? Sho’x yuragim shamshirdayin pora bag’rim unga qin , Yomonlarga o’lim yo’qdur yaxshilarga esa kun, Pok sevgini toshbag’irlar o’ylamay qilar o’yin, O’zing bir pul, sevging bir pul, ketgin deydilar keyin Ko’zimdan yosh chiqmaydi, Hasratlarim ichimda, Qani edi shuncha hasrat, esdan chiqsa bir zumda, Aybim sizni sevganimmi? Demak o’tgan o’zimdan, Pushaymonlar bo’lib ketdim Sevdim degan so’zimdan. “Sevdim sizni” aytayin kerak bo’lsa ming bora, Ming pushaymon bo’lsam mayli iloji yo’q nachora, Ko’zi qora, qalbi yara, sevdim yanada-yana, Zor ko’nglingiz yana sevsa menday oshiqni zora