Siz menga “Meni unut!” dedingiz. “hech qachon sizni eslamayman”, deya so’z bergandim sizga. Lekin va’damning ustidan chiqa olmadim. Sizni bir zumga bo’lsa-da, yodimdan chiqarolmadim. Sizni deya tunlar zor-zor yig’ladim. Hatto ko’zlarimda yosh qolmaguncha yig’lardim sizni deb. Mana, yig’lashni ham bas qildim. Endi o’zgalarga kulib qaraydigan bo’ldim. Biroq qalbim hamon yig’laydi. Qalbim shunchalar huvillab qolganki, unga na bir shirin so’z, na o’zganing bir iliq tafti davo bo’la oladi...