Siz ketgan kundan boshlab ko`zlar o`z quvonchiniyu, nurini yo`qotdi. Kimlardir havas qilgan bu tabassum ko`zlarniki emas aslida yolg`onchi yuzniki. Kelgan kuningiz qaytib kelarmikin siz olib ketgan kulgu… kulib turgan bu ko`zlarning tubida yolg`izlik, g`amginlik, sokinlik va jimlik qolgan holos. Yolg`onchi dunyoning yolg`onlariga bosh egib o`zi ham endi bir yolg`onchi misoli hammani aldaydi, eng yomoni esa o`ziz o`z yuragini aldaydi. Undan so`rab ko`ringa yana sizga zormikan, yo`llaringizda intizormikan, sizni bir ko`rishgada mushtoqmikan. Yo`q endi u jim bu ko`zlar hech nimani anglatmaydi. Ular allaqachonlardi qotib qolishgan. Ketgan kuningiz izlaringizdan termulib qotib qolishgan.