Ayriliq yomon. Xijron yomon. Sog`inch yomon. Ammo nega to`lib qoldi barining paymonasi. Nega endi ayriliq ham yig`ladi ahvolimdan kuyinib. Xijron ketmoq uchun yo`l topolmay tiz cho`kib qoldi ilinch poylariga. Sog`inch yuragimni quchib panoh izladi ko`zlaringizdan. Ammo sizchi ketdingiz. Barini menga qoldirib. Ulardan zarra bo`lsada olib ketolmadingiz. Ular sizdan qolgan xotiraga aylanishdi. Ularni unutib ham, qo`yib yuborib ham, tashlab ketib ham bo`lmaydi. Ularsiz meh hechkimman xuddi siz men bilan ham hechkim bo`lmaganingizdek. Ular ba’zan sizni izlab qolishadi. Meni savollar bilan ko`mib tashlashadi. Lekin qani edi javob berolsam sizni topib berolsam. O`zim qiynalaman ammo ular tana qilishmaydi go`yo meni tushungandek. Hayot ham nolish uchun sabab bermaydi. Baxt uyim ostonasidan har tong meni kuzatib, har kech quvonch bilan qarshi oladi. Bilasizmi bularni bari sizsiz ammo menda bor. Balki bularni barini menga tilagandirsiz. Sizni yuragingizga men sig`madim. Meni yuragimga esa sizdan ham ortiqroq bo`lgan dunyo jo bo`ldi…………