Yana jimirlab yog’moqda yomg’ir, Qaro ko’zdan oqayotgan yosh. Sog’inganing men uchun shudir, Bas, yig’lama yetar qalamqosh. Erta, indin balki keyinroq, Ko’z o’ngingda paydo bo’laman, Sog’inch qonar, qonar dil, biroq, Men ungacha ado bo’laman. Menga visol, uchrashmoq nedir, Gul chehrangni ko’rsam yetar, bas… Ovozingni eshitdim hozir, Tabassuming ko’rmoqlik havas.
|