Muhabbat o'limdek kuchliligini bilamiz, ammo u shishadek mo'rt hamdir. G. Mopassan ________________________________________ Olamda sevgilingning siymosidan go'zalroq chehra, uning ovozidan ham yoqimliroq musiqa yo'q. J. Labruder ________________________________________ Sevgi - eng nozik va pinhoniy tuyg'udir. Sevgi sirlarini ehtiyot qiling. V. A. Suxomlinskiy
Sevish – o'z sevganing hayoti bilan yashash demakdir. L. Tolstoy
* * *
Insonni sevish degani nima o'zi? Bu, insonga nima yaxshi bo'lsa, shundan quvonish, uning farog'ati uchun nimaiki zarur bo'lsa, hammasini bajo qilish, o'zining bu himmatidan lazzat topish, rohatlanish demakdir. N. G. Chernishevskiy
* * *
Sevimli ayolning hattoki qahri ham biz baxtli damlarimizda boshqa ayollardan topishimiz mahol bo'lgan cheksiz joziba bilan to'lib-toshgandir. Stendal