Bir koreys qiz aqlu xushim olib qochdi, Shirin so'zlab, yurakka o't solib qochdi. Men ham uning nozlaridan shodu shaydo, Har kun uning xuzurida bo'ldim paydo. Yujin juda soddagina qizaloqcha, Keng qalbimda unib chiqqan qizg'aldoqcha. Bir daqiqam usiz o'tmas, ishoningiz, Zerikaman yiroq bo'lsam undan xargiz. Oqshomlari Yujinimni tushda ko'rib, Sochlarini o'zbek qizlar kabi o'rib. Sevgim ifodasi- ishqiy she'rlar bitdim, Yuzlaridan bo'sa olib, sevgim aytdim. ... Yujin fevral kelsa, Singapurga ketar, Bilim olib, kelajakda yurtga qaytar. " Yujinginam, ro'yob topsin orzularing, Unutmasman sening shirin kulgularing. O'zbek diyoriga kelgin, seni kutgum, Senga sodiq yuragimni taqdim etgum..."