Milyon yilda meni yaratdi hayot, Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz. Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv, Quyoshdan ishorat — ko‘z yorar ildiz. Men, axir ularga o‘xshamayman-ku, Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz. Har elat o‘zicha atar shamolni, Mingta ism bilan yashaydi yulduz. Sen qaydan topasan boshqa Iqbolni, Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz.
|