Bulbullar ichinda tinmas zabonman, Hamon yoningdaman, tanangda jonman. Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa Bilgilki alarning sardori menman. Sevgiga sodiqlik shartini qo‘ysang, Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang, Agar o‘n mingtadan yuzta qoldirsang Bilgilki yuztadan bittasi menman. Keksalik degan so‘z joy olsa dildan, Yigitlik quvvati ketsa ham beldan, Har kun gul olsang sen gar o‘nta qo‘ldan Bilgilki eng avval gul tutgan menman. Falak falakligin qilsa nogahon, Sendan yuz o‘girsa hatto keng jahon, Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon Qolgan shu oshig‘ing bilgilki menman. Ko‘zlaring bemahal yoshlarga to‘lsa, Agar dushmanlaring ustingdan kulsa, Oshiqlaring agar hech kelmas bo‘lsa Marhum ul Rasul Hamzat bilgilki menman. Bulbullar ichinda tinmas zabonman, Hamon yoningdaman, tanangda jonman. Oshiqlaring kelsa gar mingta yo‘ldan Bilgilki eng avval kelgani menman.
|