Yolg‘iz tunlarimda uxlamay chiqsam, Tongda quyosh kutib, bossa hayajon. Mehrimni ko‘z yoshdan bittalab yiqsam, Yuborgim keladi sizga onajon! Dilimda gaplarim tplanib qolgan, Hech kimga aytmagan sirlarim bisyor. Xattoki yuragim urishdan tolgan. U sizga talpinar, mushfiq onajon. Boshimga kechalar yostiqlar botsa, Ishongan do‘stlarim sotsalar meni. Saratonda yoshim kiprikda qotsa, Dardlashgim keladi siz-la, onajon. Dunyo tashvishidan to‘ldi bardoshim, Qo‘l silab bariga, ketaymi, deyman. Tizzangizga qo‘yib so‘ng dardli boshim, Uxlagim keladi, munis onajon. Mehribon tabassum o‘zim o‘ngida, Uxlasam quloqda allalaringiz. Har qachon duoim boshu so‘nggida, Albatta, Siz borsiz, aziz onajon. Qalbingiz misoli bir ohanrabo, O’zingiz o‘kdagi porlagan quyosh. Ovozingiz mayin – sahargi sabo, Judayam sog‘indim, Sizni onajon
|