Tor ko‘nglingni tog‘ etib, Afgor dilim sog‘ etib, Sevinchni hamroh etib, Kelmaysanmi, sog‘indim. Ko‘nglim tengi sen – tanho, Vaslingni etgin ato. Ko‘z yoshim bo‘lsin ado, Kelmaysanmi, sog‘indim. Uchrashib bir, o‘sha on Quchog‘ingda bersam jon. Ko‘rmoqqa topib imkon, Kelmaysanmi, sog‘indim. Etmay meni bunga zor, Qoshimga kelgin bir bor. Yurakda mehrim bisyor, Kelaqolgin, sog‘indim. Oshiqi giryon bo‘ldim, Ollohga nolon bo‘ldim. Borolmay sarson bo‘ldim, Kelmaysanmi, sog‘inib.
|