Ko'p do'stlarni uchratdim, lekin tilni tiyishdan afzalroq do'stni ko'rmadim. Ko'p kiyimlarni ko'rdim, ammo tavodan afzalroq libosni uchratmadim. Ko'p mol ko'rdim, biroq qanoatdan ortiqroq mol topolmadim. Ko'p yaxshiliklar ko'rdim, lekin nasihatdan ko'ra chiroyliroq yaxshilikni bilmadim. Ko'p taomlarni ko'rdim, ammo sabrdan lazzatli taomni uchratmadim. Kimki insonlarni xor qilib kamsitsa, o'zi ham xor bo'lganini ko'rdim. So'zi ko'paygan kishining xatosiyu gunohi ko'payganiga shohid bo'ldim.